Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan politsiyachilar sudlanadi
Politsiyachilar 45 yoshli migrantni o‘rmonga tashlab ketishgan, uning jasadi bir necha oydan keyin topilgan. Uni hayvonlar yeb ketgani ta’kidlanmoqda.
Moskva viloyatida O‘zbekistondan kelgan migrantni o‘rmonda unutib qoldirgan ikki politsiyachi sudlanadi. Erkakning jasadi bir necha oydan keyin topildi, deb xabar berdi Mash.
Shu yil may oyida huquq-tartibot idoralari xodimlari 45 yoshli migrantni mast holda qo‘lga olib, Dubrovo va Zagryajskaya qishloqlari orasidagi o‘rmonga «o‘ziga kelishi uchun» tashlab ketishgan. Ta’kidlanishicha, ular migrantni olib ketish uchun qaytib kelishmagan, oqibatda u o‘rmonda adashib qolgan.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston fuqarosining yaqinlari uni qidiruvga bergan. Uning qoldiqlari faqat sentabr oyida topilgan - uni hayvonlar yeb ketgan.
Xabarga ko‘ra, jabrlanuvchini oxirgi bo‘lib ko‘rgan kichik leytenant va katta serjant qo‘lga olingan. Politsiya xodimlari ishdan bo‘shatilgani va vakolatlarini suiiste’mol qilgani uchun sudga tortilishni rejalashtirilgani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026