Farğona viloyati Qöqon şahrida köp kvartirali uyda röy bergan portlaş oqibatida bir kişi halok böldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilişiça, 25 fevral kuni soat 14:47 da FVBga «Böston» MFYda joylaşgan köp qavatli uylardan birida çaqnaş sodir bölib, uning oqibatida yonğin bölayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.

Şunga asosan, qutqaruv bölinmalari aytilgan manzilga yetib borgan va hodisa oqibatlarini bartaraf etişga kirişgan.

FVV soat 18:10 ga kelib portlaş oqibatlarini bartaraf etiş jarayonida xarobalar ostidan bir kişi jasadi topilganini xabar qildi.

Bundan 9 kun avval, 16 fevral kuni ham Qöqondagi uylardan birida gaz portlagandi va buning oqibatida 1 kişi halok bölgandi.