Britaniyaning eng nufuzli bilim dargohi Toshkentda o‘tadigan ta’lim forumida qatnashadi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning Harrow School'ga tashrif buyurdi va ushbu o‘quv muassasasining direktori Alaster Lend bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar natijasida shu yilning 15-17 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo ta’lim forumida Harrow School maktabi vakillarining ishtirokini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
1572 yilda Britaniya qirolichasi Yelizavetta I tomonidan tashkil etilgan Harrow School Iton kolleji kabi mamlakatdagi o‘quvchilarni dunyoning yetakchi oliygohlariga tayyorlab beradigan eng nufuzli bilim dargohi hisoblanadi.
Maktab bitiruvchilari kelajakda o‘z sohalarining malakali mutaxassislari bo‘lib yetishib, o‘z yo‘nalishlarida yuqori lavozimlarni egallab kelmoqda. Ular orasida Britaniyaning bir qator sobiq bosh vazirlari, shu jumladan Uinston Cherchill, Hindiston sobiq bosh vaziri Javoharlal Neru, Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy va boshqalar kabi taniqli davlat arboblari bor. Hozirgi kunda maktabda 850 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularning 20 foizini chet el fuqarolari tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46
-
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida
Jahon | 15:12
-
O‘lim uchun “navbat kutish” – dunyodagi eng baland cho‘qqiga chiqish mashaqqatlari haqida
Jahon | 15:06
-
To‘qimachilik sanoatida qayta ishlash zanjiri rivojlantiriladi
O‘zbekiston | 15:04
Mavzuga oid
13:42 / 16.01.2025
O‘zbekiston Britaniyaning taniqli ijod uyi bilan hamkorlik qiladi
11:20 / 14.01.2025
Britaniya sobiq mudofaa vazirlari Ukrainaga tinchlikparvarlarni yuborishga chaqirdi
10:05 / 10.01.2025
Britaniya 3 mingga yaqin o‘zbekistonlikni ish bilan ta’minlaydi
18:42 / 09.01.2025