Xiva şahrida Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinçi parlamentlararo forumi öz işini davom ettirmoqda. Forumda Özbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva mintaqani Yevropa temir yöllari tarmoği bilan boğlaşga möljallangan «Xitoy—Qirğiziston—Özbekiston» temir yöl magistrali qurilişi töğrisida bitim tuzilişi Markaziy Osiyo uçun transport-tranzit yönalişlarini diversifikatsiya qilişda katta yutuq bölganini qayd etdi.
Oliy Majlis Senati raisi Özbekiston taşabbusi tufayli mintaqaning barça mamlakatlari bilan çegaraoldi savdo zonalarini taşkil etiş işlari boşlanganini ta’kidladi. Hozirgi vaqtda Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan bunday hududlarni şakllantiriş mexanizmi yölga qöyilgan.
Birgina Özbekistonning qöşni mamlakatlar bilan özaro savdo aylanmasi sönggi 7 yilda deyarli 3 barobarga oşgan (2017 yildagi 2,7 mlrd dollardan 2023 yildagi 7,2 mlrd dollargaça).
Umumiy özgarişlar orasida suv, suv-energetika va ekologiya masalalari bilan boğliq yönalişda ham köplab ijobiy natijalar kuzatilmoqda.
2023 yilda Özbekiston, Qirğiziston va Qozoğiston örtasida 1-Qambarota GESini birgalikda quriş, Töxtağul suv omboridan suvni oqiziş, Özbekiston, Tojikiston va Qozoğiston örtasida Bahri Tojik (Qayroqqum) suv omborining vegetatsiya davrida işlaş rejimi böyiça kelişuvga erişgan.
Şuningdek, mintaqa xalqlarining nafaqat iqtisodiy, balki madaniy-gumanitar aloqalarini ham kuçayişiga xizmat qiluvçi turizm sohasining rivojida ham Markaziy Osiyo mintaqasi ahamiyati katta ekani qayd etildi.
Jumladan, bugun Özbekistonga taşrif buyuruvçi sayyohlarning 80 foizga yaqini qöşni mamlakatlar hissasiga töğri kelmoqda. Bu borada Markaziy Osiyo davlatlarining turizm salohiyatini oşiriş, mintaqa böylab ommaviy turistik mahsulotlarni işlab çiqişga qaratilgan «Bir tur — butun mintaqa» loyihasi ustida iş olib borilmoqda.
«Bu va boşqa köplab yönalişlar böyiça özaro hamkorlikni mustahkamlaş böyiça körilayotgan çoralar, albatta amaliyotda ham öz aksini topmoqda. Jumladan, mintaqadagi savdo hajmi 4,4 barobar, qöşma korxonalar soni 5 barobar, özaro investitsiyalar hajmi qariyb 2 barobar oşdi», — deydi Tanzila Norboyeva.
Ta’kidlanişiça, bugun Markaziy Osiyo iqtisodiy ösişning muhim markazlaridan biriga aylanib bormoqda. Mintaqa mamlakatlari yalpi içki mahsuloti 450 milliard dollarga yaqinlaşgan, mintaqaning ösiş suratlari (4,8 foiz) butun dunyoning örtaça ösiş suratlaridan (2,6 foiz) deyarli ikki barobarga yuqori.













