Toyota Prius yoqilg‘i sarfi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi
Avtomobil AQSh bo‘ylab safarda eng kam yoqilg‘i sarflashga erishdi.
Yaponiyaning Toyota Prius avtomobili so‘nggi avlod modeli Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Avtomobil Qo‘shma Shtatlarning bir qirg‘og‘idan ikkinchisiga sayohatda eng kam yoqilg‘i sarfladi. Bu haqda Toyota kompaniyasining Amerika bo‘limi ma’lum qildi.
Safar davomida o‘rtacha yoqilg‘i sarfi 100 km uchun taxminan 2,5 litrni tashkil etdi. Mashinani amerikalik Ueyn Gerdes boshqargan, u Prius mashinasini Los-Anjyeles shahar ma’muriyati binosidan Nyu-York meriyasiga olib borgan.
Safar davomida yo‘l uzunligi 5168,7 km ni tashkil etdi. Sayohat davomida Toyota Prius 2100 metr balandlikka ko‘tarilib, havo harorati 40°S ga yetgan Moxave cho‘lini kesib o‘tdi.
Gerdes so‘zlariga ko‘ra, safar davomida u turli usullar yordamida yoqilg‘i sarfini kamaytirishga harakat qilgan: gaz pedali bilan ehtiyotkor ishlagan, to‘xtashdan oldin oyog‘ini gaz pedalidan olgan va ko‘pincha dvigatel bilan tormozlagan.
Beshinchi avlod Toyota Prius 2023 yilda bozorga chiqqan. 193 ot kuchiga ega ikki litrli atmosfera dvigatelli flagman versiyasi 100 km/soat tezlikka 7,5 soniyada erishadi. Uning narxi 28 ming dollardan boshlanadi.
Mavzuga oid
23:09 / 05.10.2024
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
15:16 / 05.10.2024
Putin administratsiyasidan AQShga qochgan mulozim
11:10 / 05.10.2024
AQSh Yamandagi husiychilar nishonlariga raketa zarbalari berdi
09:50 / 05.10.2024