O‘zbekiston | 07:20 / 13.09.2024
2167
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Britaniya kompaniyasi tomonidan sayyohlar jalb etiladi

O‘zbekistonning Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov Abercrombie & Kent sayyohlik kompaniyasi ijrochi direktori Maksimilian Maklay bilan muzokara o‘tkazdi. 

Foto: Dunyo

Muloqot davomida Maksimilian Maklay britaniyalik va boshqa xorijiy sayyohlar orasida O‘zbekistonga qiziqish ortib borayotganini ta’kidladi

“So‘nggi yillarda Abercrombie & Kent kompaniyasi O‘zbekistonga ko‘proq sayohat uyushtirmoqda. Biz mamlakatning boy madaniy merosi, ajoyib manzaralari va o‘zbek xalqining mehmondo‘stligini yuksak qadrlaymiz”, degan u.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Abercrombie & Kent o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida O‘zbekistonga Britaniyadan 1500 dan ortiq sayyohni jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid