Britaniya bosh vaziri rafiqasiga berilgan sovg‘alar sabab tergov qilinishi mumkin
Millioner Vahid Alli bosh vazirning rafiqasi uchun xaridlar bo‘yicha shaxsiy konsultant xarajatlarini qoplagan, shuningdek, qimmatbaho kiyim-kechaklari pulini ham o‘zi to‘lagan.

Foto: Carl Court/Getty Images
Britaniya bosh vaziri Kir Starmer deklaratsiya qoidalarini buzdi va u rafiqasiga millioner lord Vahid Alli tomonidan sovg‘alar bergani sababli tergov ostida qolishi mumkin, deb yozadi The Telegraph.
Leyboristlar partiyasidan per (oliy dvoryanlik unvoniga ega kishi) bo‘lgan Alli Starmerning rafiqasi uchun xaridlar bo‘yicha shaxsiy konsultanti, qimmatbaho kiyim-kechaklari xarajatini qoplagan. Bu bosh vazir lavozimga kirishishidan oldin ham, keyin ham sodir bo‘lgan, ammo xizmatlar hamda sovg‘alar deklaratsiya qilinmagan. Shu bilan birga, Leyboristlar partiyasi buyumlarni yetkazib berishda yordam ko‘rsatgan.
Biznesmen Alli oldinlari Asos moda kiyim-kechaklari savdosi bilan shug‘ullanuvchi internet-do‘konga egalik qilgan, uning boyligi 200 million dollarga baholanadi. 59 yoshli Alli ikki yil ichida Leyboristlar partiyasida 500 ming funt sterlingdan ortiq xayriya qilgan va Starmerning eng yirik homiylaridan hisoblanadi. Biznesmen joriy yilning o‘zida unga 18,6 ming funtlik kiyim va bir nechta ko‘zoynak sovg‘a qilgan, shuningdek, bosh vazirning parlament saylovlari vaqtida yashashi uchun 20 ming funt sarflagan.
Buyuk Britaniya bosh vaziri parlamentning boshqa a’zolari bilan birgalikda bunday ma’lumotlarning oshkor etilishi uchun shaxsan javobgardir. Britaniya deputatlar odob-axloq kodeksida belgilanishicha, deputatlar «uchinchi tomondan berilgan har qanday sovg‘ani» ro‘yxatdan o‘tkazishga majbur.
Parlament a’zosi ushbu qoidalarni buzgani tasdiqlansa, standartlar bo‘yicha parlament komissari tergov boshlashi mumkin. Deputatga qonunbuzilishini bartaraf etish buyurilishi, masalan, u maxsus bayonot berib uzr so‘rashi yoki Jamoatchilik palatasidan chiqarib yuborilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34
-
Andijonda profilaktika inspektorini pichoqlagan shaxs ushlandi, Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:19
-
«Shaytonarava» ishqi: kasallikmi yoki ijtimoiy muammo?
Jamiyat | 23:11
-
Turkiya va Belgiya Ukraina uchun «dronlar koalitsiyasi»ga qo‘shildi
Jahon | 22:41
Mavzuga oid

21:20 / 03.07.2025
Britaniyada Lordlar palatasining salkam 10 mln funtlik eshigi bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi

08:16 / 02.07.2025
Britaniyada «Isroil armiyasiga o‘lim» shiori bo‘yicha tergov boshlandi

10:44 / 25.06.2025
Britaniya Rossiya va Eron tahdidlari fonida urushdan xavotirda

13:09 / 24.06.2025