Myuller va Keyn yana bir bor tarixga kirişdi

«Bavariya» — «Dinamo» Zagreb 9:2
Gollar: Keyn (19 penalti, 57, 73 penalti, 78 penalti), Gerreyru (33), Olise (38, 61), Sane (85), Goretska (90+2) — Petkoviç (49), Ogivara (50).
«Bavariya» – Noyyer (Ulrayh, 46), Devis, Kim Min Je (Dayyer, 69), Upamekano, Gerreyru (Goretska, 81), Pavloviç, Kimmih, Olise (Sane, 68), Gnabri, Musiala (Myuller, 68), Keyn.
«Dinamo» Zagreb – Nevistiç, Ogivara (Xoja, 73), Per-Gabriel (Şpikiç, 73), Mmae, Teofil-Katrin, Ristovski, Baturina (Ademi, 78), Mişiç, Rog (Stoykoviç, 46), Pyatsa (Kulenoviç, 61), Petkoviç.
Ogohlantiriş: Ristovski (77).

Bu öyinda barçasi oldindan ma’lum edi. Bu öyinda gap faqat «Bavariya» qança gol urişida edi — öyin arafasida esa Myuller myunxenliklar safida barçadan köp öyin ötkazgan futbolçi sifatida taqdirlandi. Tomasga 710 raqamli (yubiley körsatkiçi) futbolka topşirildi, unga yana bir şunday futbolka tayyorlaş ham mumkin edi. Çunki u zaxiradan öyinga qöşilib, turnirda bir jamoa safida ötkazgan öyinlari soni (152) böyiça Xavini ortda qoldirdi va rekordçiga aylandi.

Birinçi bölimda uning jamoadoşlari VAR bilan hamkorlikda öziga xos aksiya uyuştirişdi. Videotakrorlardan keyin mezbonlarning ikki goli ofsayd tufayli bekor qilindi, ammo bir golni hisobga olişda yordam berdi, şuningdek Keyn aniq ijro etgan birinçi penalti tayinlanişiga sabab böldi. Şu kuni angliyalik hujumçi poker qayd etib, şundan uçtasini 11 metrlik nuqtadan urdi. Harri avvaliga Ueyn Runiga yetib oldi, keyin YeÇLda eng köp gol urgan (33) ingliz futbolçisiga aylandi, «Bavariya» esa «Real» qilgan işni takrorladi. Bungaça faqat madridliklar turnirda 60 marta 11 metrlik jarima zarbasini ijro etgandi.

Myunxenliklar uçun barçasi silliq keçmadi, Noyyer jarohat olgaç, uning örniga tuşgan Ulrayh ikki zarbada ikki gol ötkazib yubordi. Lekin xolis bölib aytiş kerakki, bu vaziyatlarda qutqariş qiyin edi. Jamoadagi barça futbolçilar xotirjamlikka berilgandi. Lekin uçta gol farqi minimumgaça qisqargaç, barça bir vaqtda uyğondi. Töğriroği, xorvatlar nemis yirtqiçini uyğotib yubordi va yana oltita gol ötkazdi. 9:2 — haqiqiy xörlaş. Turnirda ilk bor bunday samaradorlik 1990 yilda kuzatilgandi, öşanda «Real» «Tirol» mudofaasini parokanda qilgan (9:1).