Angliya: beqaror «MYu»

APL, 35-tur
«Brentford» — «MYu» 4:3
Gollar: Shou 27 (avt), Shade 33, 70 (dubl), Vissa 74 – Maunt 14, Garnacho 82, Diallo 90+5.
«Brentford»: Flekken, Kayode (Ayyer 81), Kollinz, van den Berg, Lyuis-Potter (Gustavo Nunes 81), Nergor, Yarmolyuk (Yyensen 68), Mbemo, Damsgor (Tyago 81), Shade (Genri).
«MYu»: Bayindir, Fredrikson (Lindelyof 76), de Ligt (Maguayr, 35), Shou (Diallo 46), Dorgu (Yoro 46), Ugarte, Amad, Maunt (Eriksen 57), Garnacho, Obi.
Ogohlantirishlar: Ugarte 43, Garnacho 51.

«MYu» APLning navbatdagi tur o‘yinini juda yaxshi boshlagandi. Maunt 2024 yil martidan buyon ilk bor gol urdi, ushbu yarimhimoyachi so‘nggi golini ham «Brentford» darvozasiga kiritgandi. Ammo keyin «qizil iblislar»da muammolar boshlandi. Avvaliga Damsgor autdan uloqtirgan to‘p Shouning ko‘kragiga tekkan holda darvoza to‘riga yo‘l oldi, rikoshet Bayindirni ilojsiz ahvolda qoldirdi. Ko‘p o‘tmay mehmonlar alamli gol o‘tkazib yubordi, o‘z jamoasi jarima maydoni yaqinidagi to‘qnashuvdan keyin de Ligt gazonga yotib qoldi va qo‘l ishorasi bilan yordamga muhtoj ekanini bildirdi (uning o‘rniga Maguayr tushirildi). Ammo bu vaziyatda Entoni Teylor o‘yinni to‘xtatmadi va «Brentford» hujumni davom ettirib, raqib futbolchilari to‘xtab qolganidan foydalanib, darvozani ishg‘ol etdi.

O‘yin manchesterliklarning yirik hisobdagi mag‘lubiyati bilan yakunlanishi ham mumkin edi, ammo dam berilgan Brunu Fernandesh yo‘qligida ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Eriksen o‘zini ko‘rsatdi. Hisob 1:4 ko‘rinishida ekanida aynan shu daniyalik futbolchining o‘z uslubidagi zarbasidan keyin olis ustun oldida turgan Garnacho to‘pni darvozaga to‘g‘rilab yubordi, argentinalik ushbu yosh vinger Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘lgan klub rekordini takrorlash arafasida turibdi. Gap 21 yoshgacha APLda amalga oshirilgan golli harakatlar haqida bormoqda (25 ga qarshi 24). Qo‘shimcha daqiqalarda esa fevraldan buyon ilk bor maydonga tushgan Diallo hisobni minimal ko‘rinishgacha qisqartirdi. Lekin uning goli jamoani qutqarmadi va Yevropada yengilmas jamoa bo‘lib qolayotgan «Yunayted» ichki arenada qatorasiga olti turda g‘alaba qozona olmayapti. Bunday noxush seriya jamoani Lui van Gaal boshqargan 2015 yildan buyon kuzatilmagandi.

«Brayton» – «Nyukasl» 1:1