Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bir necha oydan keyin Yaqin Sharqda byurosini ochadi
NATO Yaqin Sharq davlatlari bilan kommunikatsiyani ta’minlash maqsadida bir necha oy ichida Oman shahridagi elchixona bazasida o‘z byurosini ishga tushiradi.
NATO Yaqin Sharq davlatlari bilan kommunikatsiyani ta’minlash maqsadida bir necha oy ichida Iordaniya poytaxti Oman shahridagi elchixona bazasida o‘z byurosini ochadi.
«Ushbu elchixona bizga siyosiy axborotlarni to‘plash, insonlar bilan muloqot qilish va vaziyat qanday o‘zgarayotganini yaxshiroq tushunishga yordam beradi», — deydi NATOning Afrika va Yaqin Sharqdagi maxsus vakili Xaver Kolomin.
Uning ta’kidlashicha, Shimoliy Atlantika alyansi Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealarga alohida e’tibor qaratmoqda.
«Ko‘plab joylarda beqarorlik yuzaga kelayotganini ko‘ryapmiz. Tashkilotimiz — juda jiddiy va uning yutug‘i mudofaa hamda xavfsizlik siyosatida. Biz bulardan foydalangan holda xavotirni paydo qilayotganlarga qarshi chora ko‘rishimiz kerak», — deydi diplomat.
Avvalroq NATOning Latviyadagi ko‘p millatli brigadasi Adaji shahrida Kanada va Ispaniya tomonidan moliyalashtirilgan 7 million dollarlik yangi bazasini ochgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bazaga zirhli texnikalar, chodirlar va texnik xizmat ko‘rsatish obektlari joylashtirilgan bo‘lib, u 2026 yilda to‘liq ishga tushishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026
NATO to‘rt davlat qiyofasida yangi raqibni ko‘rmoqdami?
18:32 / 09.07.2026