Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament Maduroni hibsga olish uchun order berilishini talab qildi
Yevroparlament Venesuela prezidentini hibsga olish uchun xalqaro order berishga va muxolifat yetakchisini mamlakat rahbari sifatida tan olishga chaqirmoqda.
Yevroparlament Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olish uchun xalqaro order berishga va muxolifat yetakchisi Edmundo Gonsales Urrutiani mamlakat rahbari sifatida tan olishga chaqirdi.
«Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlarni Nikolas Maduroni hibsga olish uchun xalqaro order berilishini talab qilishga chaqiramiz», — deyiladi Yevroparlamentning Strasburgdagi sessiyasida qabul qilingan hujjatda.
Shuningdek, yevrodeputatlar Venesuela rahbariyatiga qarshi cheklovlarni kuchaytirishga va Milliy saylov kengashi a’zolariga nisbatan sanksiyalarini qayta tiklashga chaqirdi. Ularning fikricha, kengash ovozlar hisob-kitobida shaffoflikni ta’minlay olmagan.
Bundan tashqari, Yevropa parlamenti deputatlari Gonsales Urrutiani Venesuelaning qonuniy prezidenti sifatida tan olish kerakligini ma’lum qildi. Ular YeIning barcha davlatlarini rasman shunday pozitsiyani egallashga va «2025 yil 10 yanvardan uning ushbu lavozimda ish boshlashini ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarni ishga solishga» chaqirdi.
Venesuelada prezidentlik saylovlari 28 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Mamlakat hukumati nazoratidagi saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, avvalroq mamlakatni ikki muddat prezidentlik lavozimida boshqargan Maduroni saylovchilar 51,2 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Biroq xalqaro kuzatuvchilarga saylovlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan.
Muxolifatga ko‘ra, ovozlar adolatli sanalganda Gonsales taxminan 67 foiz ovoz bilan saylovda g‘alaba qozonishi kerak edi. Maduroning raqiblari Venesuela bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov uchastkalaridan olingan byulletenlarning 80 foizdan ortig‘ini e’lon qildi. Saylovdan oldingi so‘rovlar ham Maduroning mag‘lubiyatini bashorat etgan edi.
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
09:32 / 21.05.2026
Mindich Zelenskiy ustidan sudga shikoyat qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026