AQShda 26 yil oldingi qotillik uchun sudlangan shaxs qatl etildi
Qatl etilgan Marsellas Uilyams 1998 yilda, St. Louis Post-Dispatch’ning sobiq muxbiri Felitsiya Geyl uyidan 43 marotaba pichoqlangan holda topilganidan keyin qo‘lga olingan.
AQShning Missuri shtatida 1998 yilda ayol kishini o‘ldirganlikda ayblangan mahbus Marsellas Uilyams qatl etildi, deb xabar beradi ABC.
Missuri qamoqxonasida 55 yoshli Uilyamsga inʼeksiya yuborilgan. CNN’ning aniqlik kiritishicha, inʼeksiya Uilyamsga mahalliy vaqt bilan soat 18:01 da yuborilgan bo‘lib, soat 18:10 da o‘lim holati qayd etilgan. Marhumning oilasi qatl jarayonida ishtirok etmagan.
Shtat Oliy sudi Uilyamsning qatlini ikki marotaba kechiktirgan — 2015 yilda ekspertiza uchun vaqt talab etilishi sababi bilan himoya tomonining talabiga ko‘ra va 2017 yilda Missuri gubernatorining qarori bilan. Ammo keyinroq uning o‘rniga saylangan gubernator Mayk Parson hukm ijro etilishini talab qildi.
«Marsellas Uilyams tirik bo‘lishi kerak edi. Uni o‘lim jazosidan xalos etadigan qarorlarni qabul qilish uchun ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Aybsizlik borasida ozgina shubha bo‘lsa ham o‘lim jazosi — hech qachon o‘lim jazosi varianti bo‘lmasligi kerak. Bunday yakun adolat tamoyillariga xizmat qilmaydi», — deydi Sent-Luis okrugi bosh prokurori Uesli Bell.
Parsonning o‘z navbatida ma’lum qilishicha, «birorta sud Uilyamsning aybdor emasligini isbotlovchi asoslarni topa olmagan».
Marsellas Uilyams 1998 yilda St. Louis Post-Dispatch’ning sobiq muxbiri Felitsiya Geyl Cent-Luisdagi uyidan 43 marotaba pichoqlangan holda topilganidan keyin qo‘lga olingan. U ikki guvohning ko‘rsatmasi asosida o‘limga hukm etilgan.
Uilyamsning advokatlari bir necha marta hukmni qayta ko‘rib chiqilishiga uringan. 2015 yilda Missuri Oliy sudi ekspertiza o‘tkazilishi uchun qatlni kechiktirgan. Ekspertizaga ko‘ra, Marsellasning DNKsi Geyl o‘ldirilgan pichoqdan topilgan DNK bilan mos kelmaydi, ammo sud o‘z hukmini o‘zgartirmagan. Keyinroq aniqlanishicha, daliliy ashyolarni o‘rganish vaqtida prokurorlar pichoqni qo‘lqopsiz ushlab, unda o‘z barmoq izlarini qoldirgan.
2024 yilda okrug prokurori uesli Bell ham hukmni o‘zgartirishga uringan. U ashyoviy dalillarning birortasi Uilyamsga bog‘liq emasligini ta’kidlab, hukm chiqargan sud hay’ati a’zolari orasida faqat bir nafar qora tanli inson bo‘lganini bildirgan. Sud yana hukmni o‘z kuchida qoldirilgan.
Mavzuga oid
13:58
«Tramp urushlarni to‘xtata olmaydi» – amerikalik siyosatshunos Jyennifer Brik
12:46
Ikki marta ayollarni yutgan Tramp: AQShning yangi-eski prezidenti haqida qiziqarli ma’lumotlar
12:37
Puerto-Riko aholisi yana bir bor AQSh tarkibiga qo‘shilish uchun ovoz berdi
09:59