Ruanda Soğliqni saqlaş vazirligi mamlakat hududidagi 30 ta tumandan yettitasida kasallik holatlari aniqlangandan söng mamlakatda uşbu kasallik ilk bor avj olganini tasdiqladi, deya xabar bermoqda Mirror.

Kasallaniş holatlarining 70 foizdan ortiği Kigali şahridagi ikkita tibbiyot muassasasi xodimlarida kuzatilgan. Vafot etganlar soni 10 kişiga yetgan. Mamlakatda jami 29 ta kasallaniş holati qayd etildi. Mirror qöşimça qilişiça, şifokorlar kasallangan şaxslar bilan aloqada bölgan 300 nafar odamni kuzatişga harakat qilmoqda. Hozirça Marburg virusi uçun davo yoki vaksina mavjud emas.

JSST virus tarqaliş xavfini mintaqaviy darajada yuqori, ammo global miqyosda past deb baholamoqda. Şu bilan birga mutaxassislar kasallikka çalingani gumonlanayotgan bir kişi Raundani tark etganidan taşvişda.

2 oktyabr kuni Germaniyada Ruandadan kelgan tibbiyot fakulteti talabasi va uning dösti Marburg virusini yuqtirganlik belgilari tufayli Hamburg markaziy vokzalidan zudlik bilan evakuatsiya qilindi. Ular keyingi tibbiy körikdan ötiş uçun Hamburg-Eppendorf universiteti kasalxonasiga olib ketildi.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, poyezdda virus taşuvçisi bölgan 200 ga yaqin yölovçi bölgan. Politsiya karantin çoralari uçun ularning aloqa ma’lumotlarini töpladi.

Marburg virusi gemorragik isitmani keltirib çiqaradi, bu kasallikdan ölim darajasi 88 foizgaça yetişi mumkin. Virus töğridan töğri aloqa natijasida yuqadi. Kasallik belgilari orasida yuqori tana harorati, kuçli boş oğriği va holsizlik, şuningdek iç ketişi, qorin oğriği va köngil aynişi kuzatiladi.

Marburg virusi Ebola virusi bilan bir oilaga mansub. Kasallik öz nomini 1967 yilda Germaniyaning Marburg şahrida yuz bergan epidemiya tufayli olgan. Öşanda Germaniyaning Frankfurt, Serbiyaning Belgrad şahrida ham kasallaniş holatlari qayd etilgan.

Yevropada kasallikning tarqalişi Ugandadan laboratoriya tadqiqotlari uçun keltirilgan Afrika yaşil maymunlari tufayli boşlangan. Laboratoriya xodimlari maymunlarni yorib köriş paytida uni yuqtirib olgan.