Marburg virusi bilan kasallangani taxmin etilgan ikki yölovçi zudlik bilan Hamburg markaziy vokzalidan evakuatsiya qilindi. 2 oktyabr, seşanba kuni dpa agentligining xabar berişiça, kasallik alomatlarini sezgan tibbiyot yönalişi talabasi va uning sevgilisi keyingi tibbiy körikdan ötiş uçun Hamburg-Eppendorf universiteti kasalxonasiga olib ketilgan.
Juftlik Hamburgga Frankfurt-Mayn şahridan ICE tezyurar poyezdida yetib kelişdi. Yölda ikkalasida ham grippga öxşaş alomatlar paydo böldi. Ilgari talaba Ruandaga taşrif buyurgan va u yerda şifokorlar keyinçalik Marburg virusini yuqtirgan deb taşxis qöygan bemor bilan aloqada bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, poyezdda virus taşuvçisi bölgan 200 ga yaqin yölovçi bölgan. Ularning aloqa ma’lumotlari politsiya tomonidan karantin çoralari uçun töplangan.
JSST Marburg virusi epidemiyasi xavfi haqida ogohlantirdi
Sentyabr oyi oxirida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Ruandada Marburg virusi epidemiyasi avj olgani haqida bayonot berdi. Ruanda Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, 29 kişida infeksiya holatlari tasdiqlangan, ulardan 10 nafari vafot etgan. Tasdiqlangan holatlarning 70 foizdan ortiği Ruanda poytaxti Kigali şahridagi ikkita tibbiyot muassasasining tibbiyot xodimlarida kuzatilgan. Ayni paytda global miqyosda virus tarqaliş xavfi past darajada baholanmoqda, deya ta’kidladi JSST.
Marburg virusi ifloslangan suyuqliklar bilan bevosita aloqa qiliş orqali yuqadi. Kasallik kuçli gemorragik isitma bilan keçadi va 88 foiz hollarda ölimga olib keladi. Inkubatsiya davri 2 kundan 21 kungaça davom etadi. Virus öz nomini Germaniyaning Marburg şahridan olgan, u yerda 1967 yilda laboratoriya xodimlari Ugandadan laboratoriyaga olib kelingan maymunlarni yorib köriş paytida uni yuqtirib olgan.












