Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpoq davlat universitetiga ishga kiritish evaziga 1,8 ming dollar olganlar ushlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli va Taxtako‘pir tumanlarida ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, fuqaro E.S. fuqaro D.B.ni “U.T.” AJga qarashli Xo‘jayli tumanida joylashgan kompressor stansiyasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 3000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Taxtako‘pir tumanida fuqarolar I.A. va K.B. fuqaro Z.O.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qoraqalpoq davlat universitetiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 1800 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
15:09 / 07.01.2026
Ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar soni oshiriladi
16:54 / 25.12.2025