Merilend universiteti olimlari ikkinçi qon guruhiga (A) ega odamlarda 60 yoşga qadar insultni boşdan keçiriş xavfi yuqori ekanini aniqladi. Bu haqda ScienceAlert xabar bermoqda.

Uşbu sohadagi tadqiqotlar 2022 yilda boşlangan. Öşanda olimlar A1 kiçik guruhi va yoşroq odamlarda insult xavfining yuqori bölişi örtasidagi boğliqlikni aniqlagandi.

Olimlar 17 ming insultga çalingan bemor va taxminan 600 ming soğlom insonlarni qamrab olgan 48 ta genetik tadqiqot natijalarini tahlil qildi. Tadqiqot iştirokçilarining yoşi 18 yoşdan 59 yoşgaça bölgan.

Sönggi tadqiqotlar şuni körsatdiki, ikkinçi qon guruhidagi odamlarda insult ehtimoli boşqa qon guruhlari egalariga qaraganda 16 foizga yuqori. Aksinça, birinçi qon guruhiga ega bölgan odamlarda xavf 12 foizga past bölgan.

Şu bilan birga, katta yoşdagi ikkinçi qon guruhli odamlarda insult xavfi sezilarli emasligi aniqlandi. Bu esa yoşlarda kasallikning rivojlaniş mexanizmlari boşqaçaroq bölişi mumkinligini anglatadi.

Tadqiqot rahbari Stiven Kittnerning ta’kidlaşiça, xavfning aniq sabablari hali noma’lum. Uning taxminiça, bu qon ivişining öziga xos xususiyatlari, trombotsitlar yoki tromblar hosil bölişida iştirok etuvçi oqsillar bilan boğliq bölişi mumkin. Aniq ma’lumotlarni oliş uçun qöşimça tadqiqotlar talab etiladi.

Avvalroq amerikalik olimlar duş va tiş çötkasida yuzlab noma’lum viruslarni aniqlagandi. Biroq bu haqda taşvişlanişga hojat yöq. Tadqiqotçilarga köra, bunday bakteriofaglardan antibiotiklarga çidamli bölgan bakterial infeksiyalarga qarşi kuraşişda foydalaniş mumkin.