Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Insultdan keyin fizioterapiya o‘rnini bosadigan dori yaratildi
Preparat parvalbumin neyronlarining faoliyatini rag‘batlantiradi, gamma tebranishlarini tiklaydi va miyadagi yo‘qolgan aloqalarni mustahkamlaydi.
Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universiteti (UCLA) olimlari insultdan keyin jismoniy reabilitatsiya samarasini beradigan preparatni yaratdi. Innovatsiya DDL-920 deb nomlandi. Kashfiyotga sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar davomida erishildi.
Doktor Jon Vargeze boshchiligidagi tadqiqot guruhi insult parvalbumin oqsilini o‘z ichiga olgan neyronlarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Ushbu neyronlar miyaning ritmik faolligini yoki gamma tebranishlarini saqlashda asosiy rol o‘ynaydi. Bu ritmlar harakatlarni muvofiqlashtirish uchun zarur, ularning buzilishi harakatlanish ko‘nikmalarini yo‘qotilishiga olib keladi. Insultdan keyin bu funksiyalar uzoq muddatli intensiv jismoniy terapiya yordamida tiklanadi. Biroq, bu barcha bemorlarga yordam bermaydi.
DDL-920 preparati parvalbumin neyronlarining faoliyatini rag‘batlantiradi, gamma tebranishlarini tiklaydi va miyadagi yo‘qolgan aloqalarni mustahkamlaydi. Tajribalar davomida preparatni qabul qilgan sichqonlar harakatlanish qobiliyatini to‘liq tiklay olgan.
Olimlar kashfiyotni allaqachon inqilobiy deb atadi, chunki ilgari insultdan keyin jismoniy terapiya o‘rnini bosadigan dorilar yo‘q edi. Yangi dori murakkab reabilitatsiya jarayonini almashtirishga yordam berishi mumkin, dedi tadqiqotning yetakchi muallifi, doktor Tomas Karmaykl. U, shuningdek, tadqiqot hozir hayvonlar ustida tajriba bosqichida ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
19:22 / 23.05.2026
O‘zbek jarrohi tomonidan ilk bor masofadan turib robot jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi
21:07 / 11.05.2026
Olimlar uzoq umr ko‘rish genini topib, umr davomiyligini oshirishga muvaffaq bo‘ldi
07:31 / 08.05.2026
Xususiy tibbiyot tashkilotlariga transplantatsiya qilishga ruxsat beriladi
07:27 / 08.05.2026