AQŞning Şimoli-ğarbiy universiteti xodimlari oddiy yuviniş xonalardagi buyumlarni örganib, hayratga tuşdi. Tadqiqot davomida ular ajoyib bioxilmaxillikka duç kelgan. Olimlar ta’kidlaşiça, topilgan viruslarning köpçiligi ilgari heç qayerda qayd etilmagandi.

Aholi xonadonlarida nam muhitni xuş köradigan qanday mikroblar yaşaşiga qiziqqan tadqiqotçilar duş jömragi va tiş çötkalariga e’tibor qaratdi. Mutaxassislar bir qator buyumlardagi organizmlarni tahlil qildi. Universitet bayonotida viruslar soni “juda köp” deb ta’riflandi — namunalarda 600 dan ortiq boşqa joyda uçramaydigan viruslar aniqlandi. Biroq bu haqda taşvişlanişga hojat yöq.

Olimlarning ta’kidlaşiça, bu mikroorganizmlar bakteriyalarni zararlaydi va ularning içida köpayadi. Tadqiqotçilarga köra, bunday bakteriofaglardan antibiotiklarga çidamli bölgan bakterial infeksiyalarga qarşi kuraşişda foydalaniş mumkin.

Bundan taşqari, viruslar orasida mikobakteriofaglar ham uçragan. Ular moxov, sil va surunkali öpka kasalliklarini keltirib çiqaruvçi patogenlarni zararlaydi. Olimlar öz kaşfiyotlari bilan xavfli kasalliklarga ta’sir körsatişga umid qilmoqda.

Tadqiqot mualliflarining işontirişiça, hammomlardagi bioxilmaxillik odamlarga tahdid solmaydi. Ayrim qoidalarga rioya qilişning özi yetarli. Masalan, jömrakni muntazam ravişda sovun bilan yuviş, şuningdek, tiş çötkalarini öz vaqtida yangilaş lozim. Bunda olimlar antimikrob tiş çötkalaridan foydalanişni tavsiya etmaydi. Bunday tanlov antibiotiklarga çidamli yangi bakteriyalarning paydo bölişiga olib kelişi mumkin.