1998 yil 7 iyul. Şohimardonni vayron qilgan sel qişloq tarixida eng oğir fojialardan biri böldi. Şu kuni yarim tunda Qirğiziston toğlarida ulkan muzliklar erişi oqibatida qişloqqa dahşatli sel keldi. Tabiiy ofat köplab oilalar yostiğini quritdi. Yuzlab odamlar bedarak yöqoldi. Şohimardonliklar uçun bu kun dahşatli xotiralar bilan muhrlandi.

Şu kuni aksar şohimardonliklar futbol böyiça jahon çempionati yarimfinal bahsi Braziliya – Niderlandiya öyini boşlanişini kutib televizor qarşisida ötirgan edi. Futbol ma’lum ma’noda toğliklar hayotini saqlab qoldi. Hali uyquga ketmagan köplab toğliklar tepalikka qoçib çiqişib ofatdan qutulib qoldi.

Öşa maş’um tunda Rahmiddin aka ikki öğlidan ayrildi. Dökonda savdoni tugatib uyga qaytişga ulgurmagan aka-ukani sel oqizib ketdi.

Rahmiddin Jörayev

Öğillarimning tomga yaşirilgan ust-boşini topib olib hidlab yiğlayman...

“Heç kim farzand doği bilan sinalmasin. Öşa maş’um tunda ikki öğlimdan ayrildim. Farzandlarim dökonda işlab turgan joyida sel oqizib ketdi. Murdalari birin-ketin topildi. Yoz fasli bölgani uçun qişloqda odam köp bölgan, ayni mavsum edi. Tösatdan kelgan sel ovozi kuçliligidan tank deb öyladim.

Sel oqizib ketgan aka-uka

Öğillarim hayot bölganda bağrim butun bölgan bölarmidi?… Allohga kerak ekan, oldi. Haligaça bolalarimning rasmlariga qarab eslayman. Tomoşa qilaman.

Öğillarimni soğinsam, soy böyiga kelaman, çunki ularning jasadi şu yerdan topilgan. Töyçivoy öğlim suv dambasiga osilib qolgan ekan. Alloh şunday taqdir bergan ekan, unga könmasdan ilojimiz yöq.

Xotinim körib siqilmasin deb öğillarimning kiyimlarini tomga olib çiqib yaşirib qöyardi. Ularning kiyimlarini topib olib keçalari bilan yiğlab çiqardim. Ust-boşini hidlab bolalarimni eslardim.