Kunlar sovib, uy isitiş yana dolzarb masalaga aylandi. Tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda kömir va ötinga talab kundan kun ortib bormoqda. Kun.uz muxbiri Namangan viloyati Pop tumanidagi Guliston qişloğida bölib, odamlardan uylarini isitiş uçun bahorgaça qança mablağ sarflaşlari, tarqatilayotgan kömir sifati haqida söradi.
Sörovdan ma’lum böldiki, odamlarda tarqatilayotgan kömir sifatiga e’tirozlar bor. Noilojlikdan kukun kömirga göng aralaştirib, qölbola briket yasaşga majbur bölyapmiz, deydi Guliston qişloği aholisi.
Sifatlisi sotuvga, kukuni xalqqa...
“Qişloğimizda tabiiy gaz yöq. 30 kunda berilişi kerak bölgan gazballon ba’zan 45-55 kunda keladi. Qiş mavsumi uçun ikki tonna kömir olaman. Bir tonna kömirning davlat narxi 310 ming söm. Qişloqqa yetib kelişi bilan 600-700 ming sömgaça tuşadi-da. Yetib keliş xarajati juda qimmat.
Kömirning özi yetmaydi. Rözğor katta. Bir mavsumda bölmaganda 5-6 million sömlik ötin va kömir sotib olaman. Har bir oila uçun bir tonnadan kömir tarqatilyapti. Bu endi urpoğam bölmaydi-da. Bitta Labödagi arzimagan ötin heç qança çiqmaydi, 1 million sömgaça sotib olamiz. 15 kunga yetmaydi.
Tabiiy gaz bölmagandan keyin, heç bölmasa kömir bilan ta’minlab qöyişsa, xursand bölamiz. Kömir kelsa töpolon, militsiyabozlik bölib ketadi. Kömir kelganini oldindan bilib qolib, keçalari omborxonaga poylab borib, vagonni köz oldimizda oçasan, deb qat’iy tursak, şundagina sifatliroq kömir olişimiz mumkin. Bexabar qolsak, sifatli kömir çekkaga çiqib ketadi, bizga çiqindisi keladi. Kömir saqlanadigan omborxona işçilariga insof bersin”, deydi Guliston qişloğida yaşovçi Omonxon Saidov.
Kömirdan köra yöl haqi qimmat
“Kömir masalasi juda qiyin. Gazballon ham vaqtida kelmaydi. Qiyin bölyapti. Qişloqçilik. Çekka joydamiz. Xalqqa qiyin bölyapti. Avvallari 20-23 kunda kelardi.
Özi kömir arzon, yölkirasi qimmatga tuşyapti juda ham. Bir mavsumda 2 tonnadan köp kömir yoqaman. 2-3 Labo ötin ham ketadi. Berayotgan kömirining tuproği köp. Töğrisini aytgan yaxşi-da. Ustiga ozroq pul bersangiz, saralanganini beryapti. Arzon narxda tarqatilgan kömir şubhasiz yetmaydi. Keyin qöldan qimmatga sotib olib amallab qişni çiqaramiz. Iloji yöq. Qişloğimiz “tupik” joyda-da...”, deydi fuqarolardan yana biri.







