Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va Xitoy chegaradagi keskinlikni yumshatishga kelishib oldi
Hindiston TIV rahbarining aytishicha, ikki davlat chegaraoldi hududlarida patrul xizmatini o‘tash bo‘yicha erishilgan kelishuv 2020 yilda yuzaga kelgan muammolarni hal etishga xizmat qiladi.
Hindiston va Xitoy Himolaydagi bahsli chegara hududlarida keskinlikni kamaytirish maqsadida patrul xizmatini o‘tashga kelishib oldi, deb xabar beradi BBC.
Hindiston tashqi ishlar vaziri Vikram Misrining ma’lum qilishicha, tomonlar «ushbu chegara hududlarida 2020 yilda paydo bo‘lgan muammolarni hal etishga» kelishib olgan. U har ikki davlat ham yo‘qotishlarda duch kelgan Galvan vodiysidagi to‘qnashuvni nazarda tutgan — mazkur hududdagi birinchi to‘qnashuv 1975 yilda sodir bo‘lgan. Shundan buyon qo‘shnilar o‘rtasidagi munosabatlar keskinligicha qolib kelayotgan edi.
«Hindiston va Xitoyning chegaraoldi hududlaridagi faktik nazorat chizig‘ida patrul xizmatini o‘tash bo‘yicha erishilgan kelishuv 2020 yilda yuzaga kelgan muammolarni hal etishga xizmat qiladi», — deydi Misri.
Ammo Hindiston TIV rahbari ushbu kelishuv bahsli chegaradagi barcha mojaro nuqtalarini qamrab oladimi yoki yo‘qmi, bunga oydinlik kiritmagan.
Misrining bayonoti Hindiston bosh vaziri Narendra Modining BRIKS sammitida ishtirok etish maqsadida Rossiyaga tashrifidan bir kun oldin e’lon qilindi.
Galvan vodiysidagi qo‘shnilari 1996 yilda chegara yaqinida qurol va portlovchi moddalarni qo‘llashni taqiqlovchi bitim sabab dubinka hamda tayoqlar bilan urushgan edi. Oxirgi to‘rt yil davomida harbiylar va diplomatlar o‘rtasida o‘tkazilgan bir qator muzokaralar yetarlicha biror natijaga olib kelmagan edi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
22:35 / 17.05.2026