Chexiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Chexiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy O‘zbekistonga tashrifi arafasida mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Foto: "Dunyo" AA
Vazir O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi munosabatlarning ildizlari mustahkam, ularning asosi tarix ekanligini ta’kidladi. Chexiyaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori bo‘lgan O‘zbekiston kelajakdagi hamkorlik uchun ulkan imkoniyatlarga ega.
"O‘tgan yil ikki tomonlama munosabatlarimizda hayratlanarli yangi sahifa boshlandi, – deb yozgan Yan Lipavskiy. – Bosh vazir Petr Fialaning Toshkentga va Bosh vazir Abdulla Aripovning Pragaga amalga oshirgan tarixiy tashriflari shunchaki ramziy ma’noga ega bo‘lmay, kengaytirilgan hamkorlik tuzilmasini yaratishga olib keldi.
Chexiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri uning mamlakati O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish tarafdori ekanini qayd etgan. Chexiya ham, O‘zbekiston ham farovon kelajak sari intilayotgan ekan, biz xalqlarimiz o‘sishi uchun barqarorlik va tinchlik zarurligini tan olamiz.
"Hamkorligimizdan maksimal darajada foydalanish uchun bizda hamma narsa bor. Shunday ekan, keling, ishga kirishaylik. Men bu imkoniyatlarni haqiqatga aylantirish uchun zarur bo‘lgan barcha narsani ta’minlashga harakat qilaman, va Toshkentga tashrifim davomida aynan shu masalalar bilan shug‘ullanaman", – deb yozgan Chexiya TIV rahbari.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari Xo‘jand qal’asini tomosha qildi
O‘zbekiston | 20:20
-
Fransiya antimonopoliya regulyatori Appleʼni 150 mln yevro jarimaga tortdi
Jahon | 20:08
-
Putin bahorgi harbiy xizmatga chaqirishga oid farmonni imzoladi. Armiyaga 160 ming kishi olib ketiladi
Jahon | 20:00
-
Netanyahu «ShABAK» maxsus xizmatiga yangi rahbar tayinladi
Jahon | 19:13
Mavzuga oid

10:31 / 17.02.2025
Chexiya Ukraina uchun snaryadlar sotib olishni davom ettirishga va’da berdi

11:35 / 07.02.2025
Pragada rossiyaliklarga Chexiya fuqaroligini berish vaqtincha taqiqlandi

00:14 / 04.02.2025
Chexiyada qunduzlar ikki kun ichida to‘g‘on qurib, hukumat mablag‘larini tejab qoldi

23:41 / 22.01.2025