Çexniyaning Brda landşaft boğida suv qunduzlari ikki kun içida töğon qurib, mahalliy hukumat bir neça yil davomida rejalaştirib kelgan hududni qayta tiklaş loyihasini yakunladi. Bu haqda Çexiya OAV xabar bermoqda.
Klabava daryosini qayta tiklaş loyihasining qiymati 1,2 million dollarni taşkil etişi kerak edi, loyihaning özi 2018 yilda boşlangan. Davlat örmon xizmati Vltava suv resurslari boşqarmasi bilan birgalikda yerga egalik qiliş böyiça ançadan beri muzokaralar olib borgan, ammo qunduzlar ulardan özib ketgan.
Qunduzlar tomonidan toğteraklar yordamida qurilgan töğon hududning botqoqlanişiga xizmat qilib, 30 million kronani tejaş imkonini bergan. Ammo suv qunduzlarining faoliyati ayrim joylarga salbiy ta’sir körsatgan: töğon tufayli ba’zi hududlarni suv bosgan, temiyölga şikast yetgan.
Bu kabi holat 2023 yilda Britaniyaning Pikkering şahrida ham sodir bölgan. Uç yil içida qunduzlar u yerda yirik töğon qurib, şaharni suv bosişidan saqlab qolgan. Bunga qadar şahar bir neça yil davomida suv toşqinlaridan aziyat çekib kelgan va qunduzlar vaziyatga yeçim topişiga işongan aholi ularni ataylab örmonga köçirgan.
Eslatib ötamiz, Polşada 2010 yilda yuz bergan suv toşqinlari vaqtida mamlakat IIVning öşa vaqtdagi rahbari Yeji Miller sodir bölgan holatda qunduzlarni ayblagan edi. «Töğonlarning eng katta duşmani qunduz deb ataluvçi hayvonlar. Ular Visla töğoni atrofini egallab olgan va unga katta zarar yetkazadi», — degan edi u. Hayvon himoyaçilarining hisob-kitoblariga köra, öşa vaqtda respublikada 50 mingga yaqin qunduz yaşagan. Suv toşqinlaridan keyin mahalliy hukumatlar uşbu hayvonlarni tutişga ajratiladigan kvotani ikki barobarga oşirgan.









