Netanyahu «ShABAK» maxsus xizmatiga yangi rahbar tayinladi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu vitse-admiral Eli Sharvitni «ShABAK» rahbari lavozimiga tayinladi.

Foto: AP
Binyamin Netanyahu vitse-admiral Eli Sharvitni Isroil Bosh xavfsizlik xizmati — «ShABAK» rahbari etib tayinlandi, deb xabar beradi The Times of Israel. Sharvit oldin Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni bo‘lgan.
Bosh vazir matbuot xizmati bayonotida keltirilishicha, aynan Sharvit «tashkilotning ulug‘vor an’analarini davom ettiradigan yo‘lda olib chiqishga qodir odam».
Shu bilan birga, «ShABAK»ning Sharvitdan oldingi rahbari Roner Bar hozircha rasman Isroil Bosh xavfsizlik xizmati rahbarligidan ketgani yo‘q.
Vazirlar Mahkamasi mart o‘rtalarida Netanyahuning «ShABAK» rahbari Ronen Barni ishdan bo‘shatish haqidagi munozarali qarorini bir ovozdan ma’qullagan edi. Hukumat qarori ustidan sudga da’vo kiritilgan bo‘lib, hali yakuniy qaror chiqarilmagan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Sharvit arab tilini bilmaydi va oldin hech qachon falastinliklarga aloqador masalalar bilan shug‘ullanmagan, ya’ni «ShABAK» rahbarligi uchun noodatiy yetakchi hisoblanadi. Shu bilan birga, Sharvit Netanyahu 2023 yilda o‘tkazishga uringan sud islohotlariga qarshi namoyishlarda qatnashgan.
«ShABAK» Isroilda ichki xavfsizlikni ta’minlaydi va kontrrazvedka bilan shug‘ullanadi. Roner Bar «ShABAK»ning hukumat lavozimdan olishga uringan birinchi rahbari hisoblanadi.
Ushbu tashkilot 2023 yilda Isroilga uyushtirilgan hujumdan keyin tanqidlarga uchragan edi. Maxsus xizmat faoliyatiga oid hisobotda qayd etilishicha, «ShABAK» hujumga tayyorgarlik ko‘rilayotgani bo‘yicha signallar olgan, ammo bunga qarshi jiddiy choralar ko‘rmagan.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

15:03 / 26.06.2025
Tramp Netanyahuga qarshi korrupsiya bo‘yicha ishni yopishga chaqirdi

22:54 / 16.06.2025
Netanyahu Ali Xominaiyning o‘ldirilishini istisno etmadi

13:15 / 16.06.2025
Netanyahu: Isroil zarbalari Eronda hokimiyat almashishiga olib kelishi mumkin

08:31 / 14.06.2025