Putin bahorgi harbiy xizmatga chaqirishga oid farmonni imzoladi. Armiyaga 160 ming kishi olib ketiladi
2024 yildan boshlab Rossiyaning yangi qonunlariga muvofiq, muddatli harbiy xizmatga 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar chaqiriladi.

Foto: RIA Novosti
Vladimir Putin bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Rossiya fuqarolari 1 apreldan 15 iyulga qadar harbiy xizmatga olib ketiladi.
Huquqiy axborot portalida e’lon qilingan hujjatda qayd etilishicha, armiyaga 160 ming kishi chaqiriladi.
2024 yildan boshlab yangi qonunlarga muvofiq, muddatli harbiy xizmatga 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar chaqiriladi.
O‘tgan yil bahorgi chaqiruv mavsumida armiyaga 150 ming kishi, 2023 yilda — 147 ming kishi, 2022 yilda 134,5 ming kishi chaqirilgan edi.
Muddatli harbiy xizmatchilar sonining ko‘payishi Putinning Rossiya armiyasi sonini bosqichma-bosqich oshirish to‘g‘risidagi farmonlari bilan bog‘liq. 2022 yil boshida Rossiyada millionga yaqin harbiy xizmatchi bor edi. Keyingi uch yil davomida armiyadagi shtatlar soni 1,5 millionga qadar oshirilgan.
Avvalroq Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan rossiyalik askarlarning soni 100 mingdan oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Xabarga ko‘ra, eng ko‘p qurbonlar Boshqirdiston (4487), Tatariston (4371), Yekaterinburg (3446), Kuban (3065) va Chelyabinsk (3005)dan bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi
O‘zbekiston | 07:02
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
Mavzuga oid

21:51 / 15.04.2025
Reuters: Rossiya frontda foydalanayotgan o‘q-dorilarning yarmini KXDR yetkazib bermoqda

21:42 / 15.04.2025
Rossiya tinchlikka erishish uchun Ukrainadan anneksiya qilingan hududlarni so‘radi

19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov

19:39 / 15.04.2025