Hindiston aviakompaniyalariga bir sutkada bomba to‘g‘risida 50 ga yaqin yolg‘on xabar kelib tushdi
Hindistonda samolyotlardagi teraktlarga oid yolg‘on ma’lumotlar 14 oktyabrdan boshlab kelib tushmoqda. Ayni vaqtga qadar bortga bomba qo‘yilgani to‘g‘risida 140 ta yolg‘on xabar berilgan.

Foto: Foto: The Economic Times
Hindiston aviakompaniyalari bir sutka ichida ichki hamda tashqi reyslarga bomba qo‘yilgani bo‘yicha 50 ga yaqin yolg‘on xabarlarni oldi. Bu haqda aviatashuvchilarning ma’lumotlariga tayanib, The Economic Times agentligi xabar berdi.
Air India aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan reyslarga sutka davomida bortda portlash sodir bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida 13 ta tahdid kelib tushgan. Akasa Air va Vistara kompaniyalari esa bu turdagi xabarlardan mos ravishda 12 hamda 11 ta qabul qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aviatashuvchilar holat bo‘yicha tegishli organlarni zudlik bilan xabardor qilgan va zarur xavfsizlik choralarini ko‘rgan. Samolyotlarning barchasi qo‘nishni muvaffaqiyatli amalga oshirgan, yo‘lovchilardan hech kimga jarohat yetmagan. Aeroportlarda portlovchi qurilmalarni qidirish bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida samolyotlardan hech narsa topilmagan.
Hindistonda avialaynerlardagi teraktlarga oid yolg‘on ma’lumotlar 14 oktyabrdan boshlab kelib tushmoqda. Ayni vaqtda qadar samolyotlar bortiga bomba qo‘yilgani to‘g‘risida 140 ta yolg‘on xabar berilgan. Ular ham ichki, ham xalqaro yo‘nalishda uchadigan havo kemalariga tegishli. Oxirgi hafta davomida bunday xabarlar qator parvozlarning bekor qilinishiga, shuningdek, uchayotgan samolyotlarning yo‘nalishi o‘zgartirilishiga sabab bo‘ldi. Mahalliy hukumat tahdid manbalarini qidirish bilan shug‘ullanmoqda.
Hindiston hukumati yolg‘on ma’lumot tarqatayotgan insonlarni to‘xtatish va aybdorlarni jazolash maqsadida qator yangi qonunchilik normalarini ishlab chiqish niyatida.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

17:53 / 02.06.2025
Markaziy Osiyo davlatlari va Hindiston tashqi ishlar vazirlari uchrashadi

20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

21:17 / 23.05.2025