Endi Isroilning 140 dan ortiq qiruvçi samolyotlari Suriya va Iroq uzra 1600 km masofani bosib ötib, uç soat davomida Eron obektlarini bombalagani, garçi 40 yildan buyon Isroilni yöq qilişga tayyorgarlik körgan bölsa-da, Eron aytarli javob bera olmagani da’vo qilinmoqda.

Isroilning aholisi 10 milliondan kamroq. Eronda esa 80 mln odam yaşaydi. Isroilda odam jon boşiga YaIM 52 ming dollar, Eronda esa 7,5 ming dollar.

Bir paytlar bu mamlakatda yaşagan şarqşunos va eronşunos Mixail Krutixin 1979 yilgi islom inqilobini kuzatgan. «Novaya gazeta» bilan suhbatda u Eron qanday qilib islom respublikasiga aylangani va nega jangovar rejim «Isroil harbiy maşinasi»ga qarşi tura olmaganini tuşuntirdi.

— Eron Isroil öz hujumi bilan unga «minimal talafot» yetkazganini ta’kidlamoqda. Siz bunga işonasizmi?

— Albatta, bunga işonib bölmaydi. Şak-şubhasiz, ular yolğon gapirişmoqda. Fikrimça, bir neça kundan söng mustaqil manbalar va Isroil sun’iy yöldoşdan olingan suratlarni körsatsa, talafot jiddiy bölgani oydinlaşadi. Köplab şarhlovçilar aytganidek, Eronni yeçintirişdi: endi unda mamlakatni qöriqlaşi mumkin bölgan adekvat havo va raketa hujumiga qarşi mudofaa tizimi yöq. Ularda Rossiyada işlab çiqarilgan maşhur S-400 tizimlari bölgan, biroq isroillik uçuvçilar şu qadar bezbetlaşib ketişganki, bu qurilmalardan ikkitasini raketa işlatmasdan, samolyotdagi pulemyotdan öt oçib, yöq qilişgan.

Eronliklar heç qanday qarşilik körsata olmagan. Sönggi xabarlarga köra, isroilliklar radioelektron kuraş vositalaridan foydalanişgan va Eron raketalari soxta nişonlarga qarab uçişgan. Boşqaça qilib aytganda, Eron özining töliq himoyasizligini namoyiş etgan, endi esa uning barça HHM tizimi yöq qilindi. Isroil esa istalgan daqiqada osmondan turib Eronda xohlagan işni qila olişini e’lon qilib böldi. Eron havodan mudofaa tizimidan ayrildi.

— Siz sözlayotgan va Isroil matbuoti yozayotgan gaplarga qarasak, bunday mudofaaning özi avvaldan bölmagan.

— Çindan ham, Eronning biror samolyoti havoga kötarilmagan. Lekin Eron uzra Isroilning 140 ta samolyoti parvoz qilgan. Isroilliklar Eron samolyotlarini harbiy eksponatlar deb ataşadi. Bu maşinalar Isroil aviatsiyasiga bas kela olmaydi.

Bundan taşqari, raketa va pilotsiz parvoz qurilmalari yasalayotgan zavodlar, uçiriş qurilmalari va raketa omborlariga jiddiy talafot yetkazilgan. Zarba nafaqat havo hujumidan mudofaa tizimiga, şuningdek, Eron harbiy sanoati yuragiga ham berilgan. Talafot juda ulkan. Bundan ikki-uç kun avval Eron rahbariyati bayonotlari haddan taşqari jangovar edi.