Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjistonda ommaviy norozilik ortidan saylovdagi ovozlar qayta sanaladi
Har bir saylov okrugidagi beshtadan saylov uchastkasida byulletenlar qayta sanab chiqiladi.
Gurjiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) norozilik namoyishlari fonida parlament saylovi natijalarini qayta tekshirishga qaror qildi. Komissiya har bir saylov okrugidagi beshtadan saylov uchastkasida byulletenlarini qayta sanab chiqadi. Ovozlar qayta sanaladigan saylov uchastkalari qur’a yo‘li bilan tanlandi.
«Okrug saylov komissiyalari har bir saylov okrugidagi tasodifiy aniqlangan beshta saylov uchastkasida saylov byulletenlarini sanab chiqadi», deyiladi xabarda.
Hududlarda qayta sanash jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da, Tbilisida esa 17:00 da boshlanadi. MSK «shaffoflikni ta’minlash» uchun tegishli organlar jarayonni kuzatishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Qayta sanash bir kun avval, 28 oktyabrda bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik aksiyalari fonida o‘tkazilmoqda. Bunga sabab «Gurjiston orzusi» partiyasining parlament saylovida g‘alaba qozongani bo‘ldi (partiya parlamentdagi 150 mandatdan 89 tasini oldi). Parlamentda o‘rin olgan to‘rtta asosiy muxolifat partiyasi ham natijalarni qabul qilmasligini bildirdi. Gurjiston prezidenti Salome Zurabishvili ham shunday fikrda ekanini aytgan edi.
Mavzuga oid
14:42 / 04.07.2026
Yevropa sari navbatdagi bekat. Shavkat Mirziyoyev – Gurjistonda
13:49 / 04.07.2026
23 yillik tarixiy tashrif. Gurjiston bilan aloqalarning yaxshilanishi nega muhim?
17:34 / 03.07.2026
Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi
14:55 / 03.07.2026