Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3 yoshli bolaning qotili Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bilan ayblanmoqda
Bosh prokuratura va Oliy sud ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “3 yoshli bolaning qotili umrbod qamoq jazosiga hukm qilingani” doir xabarlar yolg‘on ekanini qayd etdi. Rasmiylarga ko‘ra, jinoyat ishi sudga oshirilgan hamda mazmunan ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Oliy sud matbuot xizmatlarining ma’lum qilishicha, tarmoqlarda tarqalayotgan “3 yoshli bolaning qotili umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi” kabi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, 2021 yilda tug‘ilgan S.S.ning qasddan o‘ldirilganligi holati yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan S.M.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari yakunlandi.
“Tergov natijasiga ko‘ra, S.M.ga JKning 97-moddasi 2-qismi “v, j” bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi “b,v,g,j,r” bandlari, 219-moddasi 2-qismi, 251-1-moddasi 2-qismi hamda 251-1-moddasi 3-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, 23 oktyabrda sudga yuborildi”, — deyiladi Kun.uz'ga taqdim qilingan ma’lumotda.
Oliy sudga ko‘ra, 1993 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan S. M.ga oid jinoyat ishi Toshkent shahar sudiga 29 oktabr kuni kelib tushgan bo‘lib, ayni paytda mazmunan ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.
Joriy yil 9 iyul kuni Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uyda ijarada yashab kelayotgan 30 yoshli erkak birga yashab kelgan ayoli bilan janjallashib qolgani, oqibatda erkak ayolning birinchi turmushidan bo‘lgan 2021 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga pichoq bilan bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazgan edi. Qotil hodisa joyidan yashiringan, bola esa shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

15:48 / 13.07.2025
Farg‘onada tanishini urib ketgan haydovchi qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda

17:45 / 12.07.2025
Chinozda opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan yigitga hukm o‘qildi

17:56 / 10.07.2025
Kiyevda Ukraina xavfsizlik xizmati polkovnigi otib ketildi

13:31 / 10.07.2025