Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida erkak yoş bolaga 12 marta piçoq urib, uni öldirgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsuddinovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, 9 iyul kuni Yaşnobod tumani, Yakkatol köçasidagi köp qavatli uyda ijara asosida yaşab kelayotgan 30 yoşli erkak uşbu manzilda qonuniy nikohdan ötmasdan yaşab kelgan ayoli bilan janjallaşib qolgan.
Janjal oqibatida erkak ayolning birinçi turmuşidan 2021 yilda tuğilgan öğil farzandiga piçoq bilan bir neça marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yaşiringan. Bola şifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etgan.
Holat böyiça Yaşnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçi protsessual tartibda uşlangan.












