Pentagon: KXDRning oz sonli askarlari - RFning Kursk oblastida
AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibining ma’lum qilishicha, bir necha ming shimoliy koreyalik harbiylar Rossiya Federatsiyasining Kursk oblasti tomon yo‘l olgan, ularning oz qismi allaqachon u yerda.
KXDRning bir necha ming askari Rossiya Federatsiyasining Kursk oblasti tomon yo‘l oldi, ularning oz soni allaqachon o‘sha yerda. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Patrik Rayder ma’lum qildi. Uning 29 oktyabr, seshanba kuni aytgan so‘zlarini Reuters agentligi keltirgan. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya ulardan Ukraina Qurolli kuchlariga qarshi quruqlikdagi qo‘shinlar tarkibida foydalanishi mumkin.
«Biz Rossiya bu askarlardan jangovar harakatlarda yoki Kurskdagi Ukraina kuchlariga qarshi jangovar operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida foydalanish niyatida ekanligidan xavotirdamiz», — dedi Rayder. Uning qo‘shimcha qilishicha, Shimoliy Koreya qo‘shinlari go‘yoki Ukrainada ekani haqidagi xabarlarni tasdiqlay olmaydi.
«Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishda va ukrainalik hamkorlarimiz, shuningdek, boshqa ittifoqchi va hamkorlarimiz bilan maslahatlashishda davom etamiz», dedi Rayder.
YeK KXDR harbiylarining RFga yuborilishini jiddiy eskalatsiya deb atadi
Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyaga jo‘natilishi «urushning jiddiy kuchayishi va global tinchlikka tahdiddir». Bu haqda 28 oktyabr kuni Yevrokomissiya (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Yevropa va Sharqiy Osiyo xavfsizligi o‘zaro bog‘liqdir».
YeK rahbari ta’kidlaganidek, u Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sek Yolga Yevropa Ittifoqi hamfikr hamkorlari bilan birga sodir bo‘lgan voqealarga javob berishini ma’lum qildi.
Amerika davlati rahbari ham harbiylarning yuborilishiga munosabat bildirdi. AQSh prezidenti Jo Bayden Uilmingtonda (Delaver shtati) jurnalistlar bilan suhbatda buni «juda xavfli» deb atadi, deya xabar beradi AFP.
Mavzuga oid
10:00
Osiyo OAV: KXDRdan qochgan 200 kishi UQKga yordam berishga tayyor
21:26 / 29.10.2024
KXDR rahbari Kim Chen Inning xavfsizligi kuchaytirildi – OAV
18:49 / 29.10.2024
Shimoliy Koreya Rossiyaga 5,5 mlrd dollarlik qurol yetkazib bergani aytilmoqda
11:10 / 29.10.2024