Gurjistonda minglab odamlar parlament saylovlari natijasiga qarshi mitingga chiqdi
Muxolif «O‘zgarishlar uchun koalitsiya» yetakchilaridan biri Nika Melia aksiya endi har kuni o‘tkazilishini e’lon qildi. 5 noyabr kuni miting Tbilisidagi Sport saroyi oldida bo‘lib o‘tadi.

Foto: AFP
Gurjiston poytaxti Tbilisida parlament binosi joylashgan Rustaveli prospektida muxolifatning 26 oktyabr kungi parlament saylovlari natijalaridan noroziligiga qaratilgan mitingi bo‘lib o‘tmoqda.
Namoyishga to‘planganlarning aniq soni ma’lum emas. Paper Kartuli nashri miting boshlanishidan oldin, parlament binosi qarshisiga 500 ga yaqin odam to‘planganini yozgandi. Keyinroq ularga muxolifat yurishi ishtirokchilari ham kelib qo‘shilgan.
Bloger Nikolay Levshitsning ta’kidlashicha, namoyishga 5 mingdan 10 ming nafargacha fuqaro to‘plangan. «Dojd» telekanali esa o‘z muxbiriga tayanib miting ishtirokchilari 15 ming kishiga yetganini ma’lum qildi.
Muxolif «O‘zgarishlar uchun koalitsiya» yetakchilaridan biri Nika Melia aksiya endi har kuni o‘tkazilishini e’lon qildi. 5 noyabr kuni miting Tbilisidagi Sport saroyi oldida bo‘lib o‘tadi. Newsgeorgia’ning yozishicha, aksiya soat 14:00 ga rejalashtirilgan.
«Rejamiz bo‘yicha norozilik aksiyasi butun shaharni qamrab olishi kerak. Biz Tbilisining har yerida va har kuni bo‘lamiz. Faqat Rustavelida turish yetarli emas. Har bir maydon va har bir ko‘prikda bo‘lishimiz lozim», — deydi Melia.
26 oktyabr kuni Gurjistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, hukmron «Gurjiston orzusi» yetakchilik qildi. Prezident Zurabishvili hamda muxolifat natijalarni tan olmadi. AQSh Davlat departamenti esa xalqaro kuzatuvchilar xulosalarini tekshirishga chaqirdi.
Gurjiston prezidenti Zurabishvili prokuraturaga borishdan bosh tortdi
Gurjiston prezidenti Salome Zurabishvili prokuraturaga so‘roq uchun borishdan bosh tortdi, u parlament saylovlari natijalarini soxtalashtirish haqidagi so‘zlari yuzasidan tushuntirish berish uchun chaqirilgandi. «Men prokuraturaga bormayman», dedi Zurabishvili 30 oktyabr kuni ingliz tilida o‘tkazgan matbuot anjumanida.
Zurabishvili o‘zining soxtalashtirish dalillarini taqdim etish uchun prokuraturaga chaqirilishini ahamiyatsiz deb atadi, chunki uning so‘zlariga ko‘ra, tergovni prokurorlarning o‘zlari olib borishi kerak. «Har qanday standart tergovda dalil to‘plash tergov idorasining zimmasidadir, men hech qachon tergov idorasi prezidentdan saylovlar bilan bog‘liq dalillarni taqdim etishni so‘raganini ko‘rmaganman», dedi Zurabishvili.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
-
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 22:35 / 25.05.2025
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46 / 25.05.2025
Mavzuga oid

10:53 / 24.05.2025
Gurjistonda muxolifat yetakchilaridan biri Japaridze hibsga olindi

16:50 / 25.04.2025
Gurjiston sobiq bosh vaziri va hukmron partiya raisi Irakliy Garibashvili siyosatdan ketishini e’lon qildi

11:39 / 18.04.2025
Gurjiston chet elliklarni chiqarib yuborish tartibini soddalashtiradi

07:37 / 10.04.2025