Jahon | 10:30
627
3 daqiqa o‘qiladi

YeI va Janubiy Koreya mudofaa sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

Bryussel va Seul dengiz va kosmik xavfsizlik, gibrid tahdidlarga, chet el aralashuvi va terrorizmga qarshi kurash hamda qurolsizlanish bo‘yicha muloqotni soddalashtiradi.

Foto: Chung Sung-Jun/Pool Photo via AP/picture alliance

Yevropa Ittifoqi va Janubiy Koreya xavfsizlik va mudofaa sohasida hamkorlik qilish niyatida. Bu haqda 4 noyabr, dushanba kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Cho Tae Yol o‘rtasidagi uchrashuvda kelishuvga erishildi.

Bryussel va Seul, xususan, dengiz xavfsizligi, kosmik xavfsizlik va mudofaa, kiber muammolar, gibrid tahdidlarga qarshi kurashish, chet el aralashuvi va axborot manipulyatsiyasi, terrorizmga qarshi kurash va qurolsizlanish bo‘yicha muloqotni soddalashtirishi kutilmoqda.

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi va Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi rahbarlari umumiy qadriyatlar va manfaatlarga asoslangan tinchlik, barqarorlik va farovonlikka sodiqliklarini yana bir bor tasdiqladilar. Ular Yevropa va Hind-Tinch okeani mintaqasidagi o‘zaro bog‘liq xavfsizlik muhitiga alohida e’tibor qaratgan holda mintaqaviy va global xavfsizlik bo‘yicha mustahkam hamkorlikning muhimligini ta’kidladilar.

AQSh Janubiy Koreyani yadro quroli bilan himoya qilishga tayyor

Qo‘shma Shtatlar Janubiy Koreyani himoya qilishga to‘liq sodiq va buning uchun har qanday vositalarni, jumladan, yadroviy qurolni ham qo‘llashga tayyor. Bu haqda 31 oktyabr kuni Vashingtonda o‘zining janubiy koreyalik hamkasbi Kim Yon Xyon bilan qo‘shma matbuot anjumanida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, AQShning tiyib turish bo‘yicha majburiyati o‘zgarishsiz qolmoqda. Ular «Amerika mudofaa qobiliyatining to‘liq spektri — oddiy raketa tizimlari, yadroviy va ilg‘or yadroviy bo‘lmagan qurollar bilan qo‘llab-quvvatlanadi», deb tushuntirdi Ostin.

Shu bilan birga, Pentagon rahbari Janubiy Koreya bilan keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar qayta tiklanishini e’lon qildi, uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki davlatning «jangovar tayyorgarligini sezilarli darajada kuchaytiradi».

Mavzuga oid