Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ichki ishlar vazirligi migrantlarning soxta nikohlarini ommaviy ravishda bekor qiladi
Bunday nikoh belgilarini aniqlash bo‘yicha ishlar hozir davom etmoqda va tegishli materiallar keyingi ish yuritish uchun prokuraturaga yuborilmoqda.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi yaqin orada chet elliklar tomonidan migratsiya maqomini olish maqsadida tuzilgan soxta nikohlarni bekor qilishni boshlaydi va bunday nikoh belgilarini aniqlash ustida ishlamoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday nikoh belgilarini aniqlash bo‘yicha ishlar hozir davom etmoqda va tegishli materiallar keyingi ish yuritish uchun prokuraturaga yuborilmoqda. Volkning qayd etishicha, 2023 yilda soxta nikohlar tufayli 240 ta vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi va 107 ta yashash uchun ruxsatnoma bekor qilingan.
Qayd qilinishicha, Rossiya fuqarosi bilan turmush qurish xorijliklar uchun yashash huquqini olishning eng oson usullaridan biri ekani aniqlangan. 2023 yilda vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma to‘g‘risidagi qarorlarning qariyb 40 foizi nikoh asosida qabul qilingan.
2025 yil yanvaridan migratsiya maqomini olish uchun soxta nikohlar va otalikni aniqlashning oldini olishga qaratilgan qonun kuchga kiradi.
Mavzuga oid
17:36 / 24.06.2026
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz tashkil etishi mumkin - OAV
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
22:29 / 13.06.2026