Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
Elchixonaning 20 yoshli qo‘riqchisi Rossiya va Eron razvedkalari xodimlari bilan aloqada bo‘lganini tan olgan.

Foto: anewbieinnorway.com
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi Rossiya va Eron foydasiga josuslik qilishda gumonlanib qo‘lga olindi, deb xabar beradi Reuters.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, 20 yosh atrofida bo‘lgan gumonlanuvchi 20 noyabr kuni o‘z uyida qo‘lga olingan. 21 noyabr kuni esa sud tergov vaqtida hibsga joylashtirish bo‘yicha qaror chiqargan. Sud qarorida keltirilishicha, politsiya qo‘lga olingan shaxsning «noma’lum kurator» bilan yozishmalarini qo‘lga kiritgan.
Norvegiya Xavfsizlik xizmati (PST) gumonlanuvchi AQShning Oslodagi elchixonasida qo‘riqchi bo‘lib ishlaganini tasdiqladi va hibsga olish vaqtida undan «katta miqdorda» raqamli materiallar musodara qilinganini ma’lum qildi. PST vakili Tomas Blomning so‘zlariga ko‘ra, hozircha aynan qanday ma’lumotlar berilgani to‘g‘risida gapirishga erta.
Qo‘lga olingan fuqaroning advokati Jon Kristian Eldenning aytishicha, mijozining o‘zi Rossiya va Eron razvedkalari xodimlari bilan aloqada bo‘lganini tan olgan. «Ammo unda josuslikka qarshi qonunchilikni qo‘llash mumkin bo‘lgan maxfiy ma’lumotlar bo‘lganmi yoki yo‘q — bu aniq emas», — deydi Elden.
Avvalroq AQSh fuqarosi GFRda XXR foydasiga josuslikda ayblanib ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh fuqarosi Martin D. Germaniyadagi Amerika qurolli kuchlarida ishlagan va maxfiy ma’lumotlarni Xitoy razvedka xizmatiga o‘tkazmoqchi bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

21:38 / 31.03.2025
Eron oliy rahbari agar AQSh zarba bersa, keskin javob qaytarilishini ma’lum qildi

08:20 / 31.03.2025
Tramp Eronga «misli ko‘rilmagan bombardimonlar» bilan tahdid qildi

20:58 / 30.03.2025
Eron AQSh bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi

20:47 / 27.03.2025