Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng baland va eng past bo‘yli ayollar Londonda uchrashdi
Turkiyalik Rumaysa Geljining bo‘yi 215,16 santimetr, hindistonlik Jyoti Amjiniki esa 62,8. Ular kamdan-kam uchraydigan kasallikka chalingan.

Foto: guinnessworldrecords.com
Londonda dunyodagi eng baland va eng pakana ikki ayolning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Turkiyalik veb-dizayner hamda hindistonlik aktrisa-bloger bir piyola choy ustida suhbatlashdi, deb xabar bermoqda Guinness World Records sayti.
Turkiyalik Rumaysa Gelji bugungi kunda sayyoramizdagi eng baland ayol hisoblanadi. 27 yoshli Geljining bo‘yi 215,16 santimetrni tashkil etadi. Unga kamdan kam uchraydigan Uiver sindromi tashxisi qo‘yilgan, bu kasallik tananing tez o‘sishi va suyaklar deformatsiyasiga olib keladi.
Rumaysa boshqa rekordlar ham o‘rnatgan: u ayollar orasida eng uzun qo‘llar, eng uzun orqa va eng uzun quloqlar sohibasidir.
Dunyodagi eng past ayol — hindistonlik 30 yoshli Jyoti Amjining bo‘yi 62,8 santimetrni tashkil etadi. Unga axondroplaziya, ya’ni suyaklar o‘sishi buzilishi tashxisi qo‘yilgan.
Bo‘ylaridagi 152,36 santimetrlik farqqa qaramasdan, ayollar tezda do‘stlashib ketishgani ta’kidlanmoqda. Ular hayotiy tajribalar bilan o‘rtoqlashgan. Ayollarning o‘zi moda, pardoz-andoz, tirnoq bezatish va taqinchoqlarga muhabbat kabi ko‘plab umumiy qiziqishlari borligini aytishdi.
Tavsiya etamiz
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
Moskvadagi migrantlar «Amina» mobil ilovasi orqali nazorat qilinadi
Jahon | 18:43 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya vizasiz rejim o‘rnatadi
O‘zbekiston | 16:23 / 26.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Boshimga qop kiydirib, harbiy bo‘linmaga olib borishdi” – Rossiya armiyasiga yollangan navoiylik yigit hikoyasi
Jamiyat | 16:05
-
Tanqiddan so‘ng: TIV o‘zbek muhojirini haqoratlagan rus millatchisiga chora ko‘rishni so‘radi
O‘zbekiston | 15:40
-
Qozog‘istonda odam savdosi qurboni bo‘lgan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
Jamiyat | 15:35
-
🔴LIVE: “Ular meni qo‘rqitolmaydi” – Tramp | “Geosiyosat”
Jahon | 15:16
Mavzuga oid

13:45
O‘zbekiston madaniy merosiga oid noyob idish Londondan qaytarildi

18:02 / 25.08.2025
Londondagi “eng tor uy” sotuvga qo‘yildi

01:24 / 19.08.2025
O‘zbekistonlik yosh muhandislar Ginnes rekordini yangiladi – vazirlik

21:54 / 31.07.2025