Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London RFning «soyadagi floti»ga qarshi eng katta choralar paketini kiritdi
Buyuk Britaniya Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tib neft eksport qilish imkonini beruvchi yana 30 ta kemani qora ro‘yxatga kiritdi. Shunday qilib, ro‘yxat 73 ta kemagacha kengaytirildi, deya ma’lum qildi London.
Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaning «soyadagi floti»ga kiruvchi yana 30 ta kemani sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shib, ularning sonini 73 taga yetkazdi. Bu Londonning Rossiya tomonidan foydalaniladigan tankerlar va yuk kemalariga nisbatan joriy qilgan «eng yirik sanksiya paketi»dir. 25 noyabr, dushanba kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushni moliyalashtirish uchun neft embargosi va eksport tovarlariga nisbatan boshqa jazo choralari chetlab o‘tilganini aytdi.
Ro‘yxatda, boshqalar qatorida, Rossiya bayrog‘i ostida yuruvchi Anatoly Kolodkin, Antarktika, Belgorod, Bratsk, Georgy Maslov, Kemerovo, Kolomna, Krasnoyarsk, Viktor Bakaev kabi kemalar ham bor. Bundan tashqari, Panama, Gabon, Serra-Leone, Liberiya va boshqa bir qator davlatlar bayroqlari ostida suzayotgan kemalar qora ro‘yxatga kiritilgan.
Rossiyaning ikkita sug‘urta kompaniyasi - qora ro‘yxatda
Bu kemalar bundan buyon Buyuk Britaniya portlariga kirishi taqiqlanadi va milliy yuk tashish reyestridan chiqariladi. Bundan tashqari, kapitanlar va uchuvchilar tankerlarni ushlab turish to‘g‘risida buyruq olishlari mumkin. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va taraqqiyot vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sanksiyalarga uchragan kemalarning yarmi 2023 yilda 4,3 milliard dollarlik Rossiya nefti va neft mahsulotlarini olib o‘tgan.
Shu bilan birga, Rossiyaning «AlfaStraxovaniye» va «Straxovoy dom VSK» sug‘urta kompaniyalari «qora ro‘yxatga» kiritildi, ular yetarli sug‘urtasiz yuklarni tashishda «soyadagi flot»ga yordam berishda ayblandi.
Mavzuga oid
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
08:29 / 21.05.2026
Avstriyada sobiq razvedka xodimi RF uchun josuslikda ayblanmoqda
21:22 / 18.05.2026