Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlar jazoni o‘tashdan ozod qilindi
Surxondaryo viloyatidagi 41-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar og‘ir kasalliklari tufayli jazodan ozod qilinishida amaliy yordam so‘rab ombudsmanga murojaat qilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Surxondaryo viloyatidagi 41-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 2 nafar mahkum og‘ir kasalliklari tufayli jazodan ozod qilinishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi, deb xabar beradi ombudsman axborot xizmati.
Qayd etilishicha, murojaat ombudsman tomonidan nazoratga olinib, Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili, Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi va boshqa komissiya a’zolari ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Jinoyat kodeksining 75-moddasida hukm chiqarilganidan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek, jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishi belgilangan.
Tibbiy ko‘rik natijasida mahkumlarga ushbu moddani qo‘llash zarurligi haqida xulosa berilgan.
«Mazkur ish yuzasidan mahkumlar jazodan ozod qilinib, oilasi bag‘riga qaytarildi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»gi qonun imzolangan edi. Unga muvofiq, ombudsman fuqarolarning, respublika hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, yuridik shaxslarning inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgan tashkilotlarning yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi hamda o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqariladi
O‘zbekiston | 13:42
-
Ozarboyjonda yetti nafar jurnalist uzoq muddatga qamaldi
Jahon | 13:20
-
«Bu safar Yevropa yordam bera olmaydi» – Yevropa vakillarining Eron bilan muzokaralari samarasiz yakunlandi
Jahon | 13:16
-
O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi mumkin
O‘zbekiston | 13:09
Mavzuga oid

19:46 / 28.03.2025
Shavkat Mirziyoyev jazo muddatini o‘tayotgan 488 nafar shaxsni afv etdi

20:08 / 21.03.2025
Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 321 nafar mahbusni afv etdi

21:24 / 19.02.2025
Toshkent viloyatidagi qamoqxonalarda saqlanayotgan 2 nafar mahkum vafot etdi

21:18 / 15.01.2025