Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 750 mln so‘mlik iPhone telefonlarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
Tekshiruv davomida Cobalt rusumli avtotransport vositasi salonidan 30 dona iPhone 16 Pro Max hamda 10 dona iPhone 15 Pro rusumli uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan.
Farg‘ona viloyatida iPhone 16 Pro Max hamda iPhone 15 Pro telefonlarining noqonuniy olib kirilishining oldi olindi, deb xabar beradi viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarining chetdan noqonuniy olib kirilishining oldini olishga qarshi tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida fuqaro boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtotransport vositasi Farg‘ona tumanining chegaraoldi hududidan tezkor kuzatuvga olingan. Ushbu avtotransport vositasi Farg‘ona shahri hududida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.
Natijada, avtomashina salonida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 750 million so‘mlik 30 dona iPhone 16 Pro Max va 10 dona iPhone 15 Pro rusumli uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda bojxonachilar 3,5 milliard so‘mlik telefonlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ygan edi. 2022 yilda esa chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan qariyb 1 mlrd so‘mlik telefonlar musodara qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:36 / 14.06.2026
Farg‘onada "Lasetti" qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
11:00 / 09.06.2026