Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan qariyb 1 mlrd so‘mlik telefonlar musodara qilindi - DXX
Davlat chegarasidan noqonuniy olib o‘tilgan “Redmi Note 10s” telefon apparatlari musodara qilindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan respublikaga tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib kirilishiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaroning o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi hududida joylashgan yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, xufiyona joyga yashirib qo‘yilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 436 dona “Redmi Note 10s” uyali telefon apparatlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro umumiy qiymati qariyb 935 mln so‘mni tashkil etuvchi mazkur telefon apparatlarini kelgusida sotish maqsadida Qirg‘iziston fuqarosidan olgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Davlat xavfsizlik xizmati xabarida.
Mavzuga oid
19:14 / 23.11.2024
Polshalik fermerlar Ukraina bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktini to‘sib qo‘ydi
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
09:30 / 28.10.2024
Bryansk gubernatori chegarani yorib o‘tishga urinish haqida ma’lum qildi
08:10 / 24.10.2024