Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevga iqtidorli boşqaruvçilar, liderlar va yangi avlod rahbarlarini aniqlaş hamda tayyorlaşga qaratilgan takliflar taqdim etildi.
Taqdimotda qayd etilişiça, Özbekiston intellektual salohiyat va yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi rivojlaniş bosqiçiga qadam qöymoqda. Mamlakatga har yili 50 milliard dollardan ziyod investitsiyalar jalb qilinişi, eksport hajmining 40 milliard dollarga yaqinlaşişi hamda yangi zamonaviy korxonalarning işga tuşirilişi malakali boşqaruv kadrlariga bölgan ehtiyojni oşirmoqda.

Sun’iy intellekt yordamida tarmoqlar va hududlar tahlil qilinib, 50 dan ortiq zamonaviy kasb böyiça boşqaruv kadrlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlangan. Energetika va «yaşil» texnologiyalar, quriliş va urbanizatsiya, qişloq va suv xöjaligi, raqamlaştiriş hamda xizmat körsatiş sohalarida yuqori malakali mutaxassislarga talab yuqori ekani ta’kidlandi.
Prezident kadrlarni baholaşda an’anaviy «obektivka» usulidan voz keçib, nomzodning bilimi, kasbiy tajribasi, psixologik xususiyatlari, strategik fikrlaşi va liderlik salohiyatini qamrab oladigan portfolio tizimiga ötiş zarurligini qayd etdi.
Yangi tizimga muvofiq, katta ma’lumotlar (Big Data) va biznes-tahlil vositalari orqali yuqori salohiyatli kadrlar aniqlanadi. Ular uçun sun’iy intellekt yordamida şaxsiy kasbiy rivojlaniş dasturlari işlab çiqiladi. Mazkur mexanizm dastlab qişloq xöjaligi, oliy ta’lim va quriliş sohalarida sinov tariqasida joriy etilişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, har ikki yilda 500 nafar istiqbolli boşqaruvçini saralab oliş va 2030 yilga qadar 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat milliy rahbar kadrlar zaxirasini şakllantiriş rejalaştirilmoqda.
Taqdimotda rahbarlik lavozimlari uçun milliy kadrlar zaxirasini şakllantiriş maqsadida «Top-100» oçiq tanlovini yölga qöyiş taklifi ham bildirildi. Tanlov ğoliblari maxsus öquv dasturlari asosida tayyorlanib, ularning rahbarlik lavozimlariga tayinlanişi va kasbiy ösişi uçun manzilli çoralar köriladi.
Yiğilişda, şuningdek, «El-yurt umidi» jamğarmasi faoliyatini takomillaştiriş, xorijda tahsil olayotgan iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş va ularning salohiyatidan mamlakat taraqqiyoti yölida samarali foydalaniş masalalari ham muhokama qilindi. Prezident mutasaddilarga kadrlarni saralaşda oçiqlik va xolislikni ta’minlaş hamda iqtidorli mutaxassislarni tizimli qöllab-quvvatlaş yuzasidan tegişli topşiriqlar berdi.












