“Sinvar reanimatsiyada naycha bilan nafas olardi” - BMTda amerikalik shifokor G‘azoda ko‘rgan dahshatli manzaralari haqida ko‘zda yosh bilan gapirdi
U xalqaro hamjamiyatni falastinliklarning o‘ldirilishiga qarshi yetarlicha chora ko‘rmayotganlikda aybladi.

Foto: Abdel Kareem Hana/AP
Amerikalik bolalar shifokori Tanya Hoj-Hasan Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi brifing chog‘ida G‘azo sektorining bombardimon qilinishi oqibatida ko‘rgan manzaralari haqida ko‘zyoshlar bilan gapirib berdi.
Hoj-Hasan har yili 29 noyabr kuni nishonlanadigan Falastin xalqi bilan birdamlik xalqaro kuni munosabati bilan so‘zga chiqqan.
“Butun dunyo bilishini istardimki, men insonman, hisobot yozadigan ruchka emas. G‘azoda ko‘rgan odamlarimning barchasi oilasidan, do‘stlaridan, hamkasblaridan, qo‘shnilaridan vahshiylarcha ajratilgan”, — dedi u.
Shifokor miyasidan jarohatlangan olti yoshli bolakayni esladi: “Sinvar reanimatsiya bo‘limida naycha bilan nafas olardi. Ukasi haligacha topilmagan. Esimda, onasining ko‘zlaridan duv-duv yosh oqardi, “Gunohim nima?” deb so‘rardi. Sivarning chiroyli, uzun, qora kipriklari va jingalak sochlariga qarab, u omon qolgan taqdirda ham, endi hech qachon avvalgidek gapira olmasligini aytishga yuragim betlamasdi”.
U bombardimonda butun oilasidan ajralgan qariya va boshqalar haqida ham hikoya qildi va tinglovchilarni falastinliklar ahvolini tasavvur qilishga chaqirdi.
Falastinliklar ovoziga e’tiborsizlik
Doktor Hoj-Hasan falastinliklarning og‘ir ahvolini muhokama qilishda ularning fikri inobatga olinmayotganini qattiq tanqid qildi. U tizimli to‘siqlar falastinliklar hayotini qadrsizlantirayotganini ta’kidladi. “Falastinlik hamkasblarimiz bugun bu yerda emas, chunki mavjud tizim falastinliklar hayotini qadrlamayapti”, — dedi u.
Shifokor jahon institutlari va mamlakatlarni xalqaro huquqning jiddiy buzilishiga, inson huquqlari poymol qilinishiga va harbiy jinoyatlarga qarshi samarali chora ko‘rmayotganlikda aybladi.
2023 yilning oktyabridan beri Isroil G‘azoda genotsid urushini olib bormoqda, oqibatda 44 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, ularning aksariyati ayollar va bolalar.
G‘azodagi genotsidning ikkinchi yili xalqaro miqyosda keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi: rasmiylar va tashkilotlar G‘azoga davomli hujumlar hamda insonparvarlik yordamining to‘sib qo‘yilishni aholini qirishga qaratilgan harakat deb baholadi.
O‘tgan hafta Xalqaro jinoiy sud Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun hibsga olishga order berdi.
Falastin, G‘azo, genotsid, BMT
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda 3 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9,5 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 12:23
-
Toshkentda bir kunda belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlarga 11 mln so‘m jarima qo‘llandi
O‘zbekiston | 12:06
-
IHeS Ukrainani 2014 yil mayida Odessadagi odamlar o‘limida qoraladi
Jahon | 12:03
-
Prezidentga eng oliy mukofot – Fransiyaga davlat tashrifi qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 11:51
Mavzuga oid

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

17:17 / 07.03.2025
O‘zbekiston va yana besh davlat natsistlarni ulug‘lashga urinishlarni qoraladi

13:26 / 06.03.2025
«So‘nggi ogohlantirish». Tramp Hamasdan garovdagilarni ozod etishni talab qildi

19:00 / 04.03.2025