Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya elchixonasi rus OAV vakillarini O‘zbekiston qonunlariga rioya qilishga chaqirdi
Rossiyalik bloger va jurnalist Aleksey Pivovarov hamda uning suratga olish guruhi Nukusda huquq-tartibot organlari tomonidan ushlab turilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Bunga ular O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida oldindan akkreditatsiyadan o‘tmasdan faoliyat yuritgani sabab bo‘lgan.
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi mamlakatga tashrif buyurayotgan rus OAV vakillarini qonunlarga rioya qilishga chaqirdi.
«Rossiya OAVning O‘zbekistondagi faoliyati davomida ba’zida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar sabab yana bir bor ushbu mamlakat qonunlariga qat’iy rioya qilishlari kerakligini eslatib o‘tamiz.
Xususan, O‘zbekiston hududida o‘z faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan jurnalist va blogerlar mamlakatga safar qilishdan oldin O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan tegishli akkreditatsiyadan o‘tishi kerak», — deyiladi elchixona xabarida.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik bloger va jurnalist Aleksey Pivovarov hamda uning suratga olish guruhi Nukusda huquq-tartibot organlari tomonidan ushlab turilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Rossiya elchixonasi holatga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘langanini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Qoraqalpog‘iston bo‘yicha hududiy boshqarmasi holat yuzasidan izoh bergan.
«Dastlabki tekshiruv natijasida xorijiy jurnalistlar faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida oldindan akkreditatsiyadan o‘tmasdan amalga oshirilgani aniqlandi, bu amaldagi qonunchilikni buzish hisoblanadi», — deyiladi xabarda.
Aleksey Pivovarov – taniqli telejurnalist, NTV va boshqa telekanallarda ishlagan, so‘nggi yillarda possovet va uzoq xorij mamlakatlari haqida bir qator ko‘rsatuvlar e’lon qilgan «Redaksiya» YouTube kanali muallifi.
Mavzuga oid
08:34 / 25.08.2025
Ta’lim muassasalari akkreditatsiyadan o‘tadi
13:53 / 08.08.2025
Akkreditatsiyadan o‘ta olmagan OTM talabalarining o‘qishi ko‘chiriladi
20:22 / 07.08.2025
Ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi belgilandi
20:17 / 25.05.2025