Rossiyada «Krokus»dagi teraktga aloqador yana to‘rt kishi qo‘lga olindi
Ular terrorchilarni qurol-yarog‘ bilan ta’minlagan jinoiy guruh tarkibiga kirgan Botir Kulayevga yashirinishga yordam bergani ta’kidlanmoqda.

Foto: ura.ru
Rossiya xavfsizlik kuchlari Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll»da sodir etilgan teraktga aloqadorlikda ayblanayotgan yana to‘rt kishini qo‘lga oldi. «Izvestiya» o‘z manbasiga tayanib yozganidek, hibsga olinganlar Rossiya hukumati terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan Shimoliy Kavkazdagi Batalxajin musulmonlar jamoatiga mansub ekani aytilmoqda.
Gazeta gumonlanuvchilarning ismlarini keltirdi: 22 yoshli Xusen Kulayev, 27 yoshli Mahmud Kartoyev, 28 yoshli Mansur Tochiyev va 35 yoshli Magomed Santaliyev. Aytilishicha, ular o‘z navbatida terrorchilarni qurol-yarog‘ bilan ta’minlagan jinoiy guruh tarkibiga kirgan Botir Kulayevga yashirinishga yordam bergan. Shuningdek, manbaning ta’kidlashicha, batalxajinlarning «rahbarlari» terrorchilarning sheriklarini chet elga chiqib ketishiga faol hissa qo‘shganini ko‘rsatadigan yozishmalar topilgan.
Noyabr oyi boshida «Krokus Siti Xoll»dagi terakt ishi bo‘yicha to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘lgani xabar qilingan edi. Ularning barchasi Ingushetiya aholisi bo‘lib, tergovchilarga ko‘ra, batalxajin jamoatiga aloqador bo‘lishi mumkin. Ular Kalashnikov avtomatlarini patronlar bilan birga terrorchilarga topshirgani ta’kidlanmoqda. Ikki nafar gumonlanuvchi Surxaxi Xusayn Medov va Jabroil Aushev qo‘lga olindi. Xavaj-Bagaudin Aliyev va Botir Kulayev qidirilmoqda.
22 mart kuni «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terakt oqibatida 145 kishi halok bo‘lgan edi. Tergov jinoyatning bevosita ijrochilari sifatida Dalerjon Mirzoyev, Saidakram Rajabalizoda, Shamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzovni ko‘rsatmoqda. Bu ish bo‘yicha jami 20 dan ortiq kishi hibsga olingan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

14:35 / 08.05.2025
Moskvada yashovchilar banklar, do‘konlar va taksilar ishida uzilishlarga duch kelmoqda

12:41 / 08.05.2025