Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Suriyadagi isyonchilar yurishi yuzasidan munosabat bildirdi
U muxolifatchilarning maqsadi Damashqqa yetib borish ekanini aytgan. «Biz Asadga Suriya taqdirini birga hal etishni taklif qildik, ammo ijobiy javob olmadik», degan Turkiya rahbari.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an «Hay’at Tahrir ash-Shom» boshchiligidagi isyonchilar koalitsiyasi Bashar Asad hukumati kuchlariga qarshi hujum boshlagan Suriyadagi vaziyatga izoh berdi.
U isyonchilar Idlib, Halab va Hama shaharlarini egallagan harbiy operatsiyani «muxolifat yurishi» sifatida ta’rifladi.
«Idlib, Hama, Homs va, albatta, maqsad Damashq. Muxolifatchilarning yurishi davom etmoqda. Umid qilamizki, Suriyadagi bu yurish muammolarsiz davom etadi», — deydi Erdo‘g‘an.
Turkiya yetakchisi, shuningdek, u Suriya prezidenti Bashar Asadga vaziyatni tartibga solish bo‘yyicha murojaat qilgani, ammo «ijobiy javob» olmaganini qo‘shimcha qildi.
«Biz Asadga qo‘ng‘iroq qildik. "Keling, Suriya kelajagini birgalikda belgilab olaylik", dedik. Afsuski, bu masalada ijobiy javob olmadik», — deydi Erdo‘g‘an.
27 noyabr kuni isyonchi guruhlarning «Hay’at Tahrir ash-Shom» boshchiligidagi koalitsiyasi Suriyada Bashar Asad hukumati nazorati ostidagi hududlarga yurish boshladi. Uch kun ichida ular Halabni egallagani ma’lum bo‘ldi. 5 dekabr kuni isyonchilar Hama shahriga kirib, hukumat qo‘shinlarini siqib chiqardi.
Bu so‘nggi to‘rt yil ichida mintaqada yuz berayotgan birinchi yirik mojaro — 2020 yilda Asad qo‘shinlari va isyonchi guruhlar Rossiya hamda Turkiya vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Suriyada 2011 yildan beri davom etayotgan fuqarolik urushida Rossiya Bashar Asadni, Turkiya esa muxolifat guruhlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
11:16 / 25.05.2026
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
18:10 / 15.05.2026