Ukraina Daniyadan F-16 qiruvchi samolyotlarining ikkinchi partiyasini qabul qilib oldi
Prezident Volodimir Zelenskiy qiruvchi samolyotlarni Ukrainaga berishda Daniyaning yetakchiligini ta’kidlab, boshqa ittifoqchi davlatlarni ham undan o‘rnak olishga chaqirdi.

Daniya Ukraina Qurolli kuchlariga F-16 qiruvchi samolyotlarining ikkinchi partiyasini topshirdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra samolyotlar hozir Ukrainada.
«Birinchi partiyadagi samolyotlar allaqachon Rossiya raketalarini urib tushirmoqda va odamlarimiz, infratuzilmamizni qutqaryapti», — deb yozadi Zelenskiy o‘zining Telegramʼdagi kanalida. O‘z navbatida u qiruvchi samolyotlarni topshirishda Daniyaning yetakchiligini ta’kidlab, boshqa ittifoqchi davlatlarni ham undan o‘rnak olishga chaqirdi.
Ukarina OAVga ko‘ra, Daniya jami 19 ta F-16 qiruvchi samolyotlarini topshirishni rejalashtirgan.
Daniya va Niderlandiyadan ushbu samolyotlarning birinchi partiyasi yetkazib berilishi haqida 2024 yilning avgustida xabar berilgandi. O‘sha oyning o‘zida bitta F-16 yo‘qotilgani, uni boshqargan tajribali uchuvchi Aleksey Mes esa halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

14:23 / 05.07.2025
Daniya O‘zbekistonda bioprotein ozuqa qo‘shimchasini ishlab chiqaradi

23:15 / 01.07.2025
Daniya ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni qaytardi

15:23 / 01.07.2025
Daniyada Pistorius Boltiqbo‘yining xavfsizligi muhimligini ta’kidladi

22:06 / 27.06.2025