Hindistonlik milliarderlarning umumiy boyligi 905 mlrd dollardan oshdi
Shveytsariyaning UBS Group moliyaviy xoldingi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 10 yil ichida hindistonlik milliarderlar soni ikki barobardan ziyodga oshgan va 300 kishiga yaqinlashgan.
Hindistondagi milliarderlarning umumiy boyligi oxirgi 10 yilda uch barobar oshib, 905,6 milliard dollarga yetdi, deb xabar beradi Shveytsariyaning UBS Group moliyaviy xoldingi.
Qayd etilishicha, o‘tgan davr mobaynida hindistonlik milliarderlar soni ikki barobardan ziyodga oshgan va 300 kishiga yaqinlashgan. Ayni vaqtda mamlakatda 1 milliard dollardan ortiq kapitalga ega 108 ta oilaviy biznes korxona rasman ro‘yxatdan o‘tgan — Hindiston ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi.
Ta’kidlanishicha, mamlakatning iqtisodiy o‘sishida oilaviy korxonalar muhim rol o‘ynagan va Hindistonning iqtisodiy transformatsiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
Yaqin o‘n yil ichida UBS ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonda milliarderlar soni Xitoyda 2020 yilda yuz bergani kabi yuqoridagi ko‘rsatkich bo‘yicha o‘sishni davom etadi.
Hind milliarderlarining boyligi oshishiga asosan energetika, farmatsevtika va ko‘chmas mulk bozori sabab bo‘lgan.
Avvalroq Altrata tadqiqot kompaniyasi 2023 yilda dunyoda dollardagi milliarderlar soni 4 foizga oshgani, ularning boyligi esa 9 foizga ortib, 12,1 trillion dollarga yetgani to‘g‘risida xabar bergandi. Milliarderlar soni bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda, bir yil ichida ularning soni sezilarli darajada oshgan — 9,9 foizga (1050 kishiga yetgan). Reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan Xitoyda esa aksincha, badavlat insonlar soni kamaygan — 14,8 foizga (304 milliarder).
Mavzuga oid
17:20 / 10.12.2024
Bill Geyts milliarder bo‘lishda yordam bergan bolaligidagi odati haqida aytib berdi
18:28 / 04.12.2024
Italiya avstriyalik milliarder Rene Benkoni hibsga olishga order berdi
11:04 / 04.12.2024
Uber Hindistonda suv taksisi xizmatini ishga tushirdi
14:33 / 01.12.2024