«Oq dubulg‘alilar»: Saydnaya qiynoqqa solish qamoqxonasida mahbuslar qolmadi
Ko‘ngillilar Damashq yaqinidagi mashhur Saydnaya qamoqxonasi binosida g‘oyib bo‘lgan mahbuslarni topish umidida tintuv o‘tkazdilar. Ularning qarindoshlari taxminicha, mahbuslar yashirin xonalarga qamab qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.

Saydnaya qamoqxonasi Foto: Haj Kadour/AFP
10 dekabr, seshanbaga o‘tar kechasi «Oq dubulg‘alilar» nodavlat notijorat tashkiloti tarqatgan bayonotga ko‘ra, Bashar Asad rejimining shafqatsizligi ramziga aylangan Damashq shimolidagi Saydnaya harbiy qamoqxonasida mahbuslar qolmadi. Tashkilot ko‘ngillilari qamoqxona binosini tintuv qilishdi.
Asad rejimi ag‘darilib, isyonchi kuchlar qamoqxonaga bostirib kirganidan so‘ng, bedarak yo‘qolgan mahbuslarning ko‘plab yaqinlari uning yashirin kameralari va maxfiy xonalarida omon qolgan mahbuslar bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi. Qidiruvga beshta guruh, jumladan, o‘qitilgan politsiya itlaridan iborat ikki guruh va qamoqxona bilan tanish bo‘lgan insayderlar jalb qilingan. «Barcha kirish, chiqish, ventilyatsiya shaxtalari, drenaj tizimlari, suv quvurlari, kabel kanallari va kuzatuv kameralari tekshirildi. Ushbu keng ko‘lamli sa’y-harakatlarga qaramay, hech qanday yashirin yoki yopiq joylar topilmadi», — deyiladi «Oq dubulg‘alilar» bayonotida.
Tashkilot rahbari Rayed Salehga ko‘ra, qamoqxonada jami 150 mingga yaqin kishi saqlangan. U suriyaliklar orasida qo‘riqchilarning shafqatsizligi va qiynoqlari bilan mashhur edi, shuning uchun uni «so‘yishxona» deb atashgan. Mahbuslar orasida minglab begunoh fuqarolar ham bor edi. Yo‘qolgan mahbuslarni qidirish davom etmoqda va ko‘plab noma’lum jasadlar Saydnaya qamoqxonasi tashqarisida qolmoqda.
Suriya razvedkasi ikki zobiti AQShda urush jinoyatlarida ayblandi
9 dekabr, dushanba kuni AQSh Adliya vazirligi Suriya harbiy-havo kuchlarining ikki sobiq zobitiga qarshi ayblov xulosasini e’lon qildi. 72 yoshli Jamil Hasan va 65 yoshli Abdul Salom Mahmud «Al Mezza harbiy aeroportidagi (Al Mezza qamoqxonasi) hibsxonalarda mahbuslar, jumladan, AQSh fuqarolariga nisbatan shafqatsiz va g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lganlikda» ayblanmoqda. Hasan va Mahmudni hibsga olish uchun orderlar allaqachon chiqarilgan, ammo ular hozircha ozodlikda qolmoqda, deya aniqlik kiritdi AQSh Adliya vazirligi.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi
O‘zbekiston | 11:28
-
Telegram Rossiyada 7 million rubl jarimaga tortildi
Jahon | 11:27
-
Audi AQShga avtomobil yetkazib berishni bojlar tufayli to‘xtatdi
Jahon | 11:15
-
Minglab isroilliklar hukumatga qarshi namoyishga chiqdi
Jahon | 11:14
Mavzuga oid

20:34 / 09.12.2024
Suriyada 4 qavatli yerosti «o‘lim qamog‘i»dan mahbuslarni ozod qilish boshlandi

16:59 / 11.11.2020
Qamoqxonalarda yana uzoq muddatli uchrashuvlarga ruxsat berilmoqda, faqat yangi talablar amal qiladi

17:46 / 05.07.2020
Atamboyev birinchisi emas: panjara ortiga ravona bo‘lgan prezidentlar

17:14 / 21.12.2018