23 iyun kuni bizga qöşni va qardoş bölgan Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev 11 yil 2 oyga qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud uni barça davlat mukofotlaridan ham mahrum qildi.

Foto: Akipress

Dunyoning aksariyat davlat rahbarlari daxlsizlik huquqiga ega bölişadi va uni lavozimlaridan ketganlaridan söng ham saqlab qolişadi. Bu huquq ularga jinoiy javobgarlikka tortilmaslik, majburiy guvohlik bermaslik, mol-mulklarini saqlab qoliş imkoniyatini beradi. Ammo prezidentlar ham, davlatni boşqaruvçi boş vazirlar ham sudga tortilib, qamoqqa tiqiliş holatlari uçrab turadi. Bugun ana şunday holatlarning eng şov-şuvlilari haqida hikoya qilamiz.

Janubiy Koreya – Pak Kin Xe

Foto: Reuters

Janubiy va Şimoliy Koreyalarni soliştiriş siyosatçilar, umuman barça insonlarning sevimli maşğuloti hisoblanadi. Şunday taqqoslovlarda ğalati paradokslar yuzaga çiqadi. Masalan – demokratiyadan asar ham bölmagan Şimoliy Koreya – Koreya Xalq Demokratik Respublikasi deb nomlanadi va uni boşqaruvçi diktatorlar sulolasi nafaqat hayotligida, balki ölimidan söng ham bemisl şaraflanadilar.

Demokratiya jihatdan ança-munça davlatlarga dars bergudek Janubiy Koreya esa rasman Koreya Respublikasi deb nomlanadi va uni rivojlantirgan, taraqqiyotiga hissa qöşgan deya ataş mumkin bölgan aksar prezidentlari turli ayblovlar bilan qamoqqa tiqilgan.

Ana şunday prezidentlardan oxirgisi Pak Kin Xe xonimdir.

2013 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Pak Kin Xe rosa 3 yil prezidentlik qildi va impiçment natijasida hokimiyatdan çetlaştirildi. Ayblovlar ança jiddiy edi – Samsung korporatsiyasi bilan boğliq poraxörlik, davlat sirlarini sotiş, vakolatni suiste'mol qiliş...

Unga qarşi turli şaharlarda mitinglar bölib ötdi va nihoyat prezident xonim sudning qora kursisiga ötirdi.

Dastlab unga nisbatan 24 yillik qamoq jazosi va 18 mlrd von jarima undiriş böyiça hukm çiqarildi. Qayta sudlovda muddat 25 yilga, jarima 20 mlrd vonga oşirildi. Yana bir qiziq jihati – sud jarayoni töğridan töğri efirga uzatildi.