Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida içki işlar vazirining “Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi ozodlikdan mahrum qiliş turidagi jazoni ijro etiş muassasalarining içki tartib qoidalarining 4-ilovasiga qöşimça kiritiş töğrisida”gi buyruği loyihasi joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi ozodlikdan mahrum qiliş turidagi jazoni ijro etiş muassasalarining içki tartib qoidalarining 4-ilovasi - Taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlarning röyxatiga qöşimça kiritişi mumkin.

Amaldagi tahrirga köra: taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlarning röyxati - 1. Iste'mol qilinişi isitiş va pişirişni talab etadigan, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari. ... 6. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuçli ta'sir etuvçi preparatlar.

Taklif etilayotgan tahrirda: 1. Iste'mol qilinişi isitiş va pişirişni talab etadigan, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari. ... 6. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va kuçli ta'sir etuvçi preparatlar.

Ma'lumot uçun taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlarning amaldagi röyxati quyidagiça:

1. Iste'mol qilinişi isitiş va pişirişni talab etadigan, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari.
2. Barça turdagi öqotar va sovuq qurollar, şuningdek öq-dorilar.
3. Pullar, qimmatli qoğozlar, qimmatbaho toşlar, durlar va ulardan yasalgan buyumlar, soatlar va boşqa qimmatliklar.
4. Optik asboblar, közoynak bundan mustasno.
5. Alkogol mahsulotlar, şuningdek tarkibida spirt bölgan atir va boşqa mahsulotlar.
6. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuçli ta'sir etuvçi preparatlar.
7. Barça turdagi foto, audio va videoapparaturalar, radioapparatura, kompyuter texnikasi, yozuv maşinkasi hamda nusxa köçiriş, aloqa va texnika vositalari, şuningdek ularga taalluqli qismlar.
8. Piçoqlar, qayçilar, ustaralar, elektrli soqol oliş uskunasi bundan mustasno, şuningdek boşqa barça turdagi sançuvçi va kesuvçi hamda inson hayoti va soğliği uçun xavfli, jinoyat quroli sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolar.
9. Öyin kartasi.
10. Pornografik va diniy ekstremistik xususiyatga ega bölgan naşrlar, materiallar va adabiyotlar.